Korrupsiya – ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi va jamiyatga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatib, rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ushbu illatga qarshi kurashish, uning kelib chiqishiga zamin yaratadigan sabab hamda shart-sharoitlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan seminar ham ayni shu maqsadlarga qaratilgan.Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-markazi katta prokurori Xudoyberdi Tursunbekov tomonidan ma’ruza qilinib, mazkur yo‘nalishda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bo‘yicha ma’lumot berildi.Jumladan, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator me’yoriy -huquqiy hujjatlar va dasturlar qabul qilingani hamda bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinayotgani ta’kidlandi.Ma’lumot o‘rnida, 2022-yilda “Trastbank” XAB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan edi. ISO 37001:2016 – tashkilotda ushbu illatga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standart hisoblanadi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
327