«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankimustaqilkompaniyalaro‘rtasidaquyidagilar bo‘yichatanlov e’lon qiladi:
- mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksini (CSI) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish;
- mijozlarning bankka nisbatan hayrixohlik indeksini (NPS) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish.
Mazkur xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarnitanlovda ishtirok etishgataklif etamiz.
Tanlovda ishtirok etishuchun quyidagilar zarur:
1. Tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq 1-ilovada keltirilgan.
2. Xizmatlarningyakuniynarxiniko‘rsatgan holda2-ilovaga asosan tijorat taklifini taqdim etish.
3. Tijorat taklifida bank mijozlari o‘rtasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha tajribasi va mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksini (CSI) hamda mijozlarning bankkanisbatan hayrixohlik indeksini (NPS) aniqlash yuzasidan tadqiqotlarni o‘tkazish mexanizmi to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etish.
4. Rasmiylashtirilgantijorat taklifini imzovamuhrbilantasdiqlash.
5. Rasmiylashtirilgan tijorat taklifini skanerdan o‘tkazib info@trustbank.uz elektron manziliga yuborish.
Tijorat taklifini topshirishning so‘nggi muddati - 2020 yil 31mart.
Tanlov g‘olibi Bankning tegishli komissiyasi tomonidan (narx, sifatvaishlarni amalga oshirish muddati mezonlari bo‘yicha) aniqlanadi.
Qo‘shimcha malumot lar uchun +(998 71) 207-62-77 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Ilova 1
Mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik (CSI ) va bankka nisbatan hayrixohlik indekslarini (NPS) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishyuzasidan texnik topshiriqnoma
Tadqiqot o‘tkazish metodologiyasi: «Trastbank»XAB mijozlari bilanbevositava telefon orqali suhbatlar o‘tkaziladi.
Tadqiqot o‘tkaziladigan jami mijozlar soni: 550 yuridik shaxs, 550 jismoniy shaxs.
Tadqiqot o‘tkazish geografiyasi va filiallar soni: Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Qarshi, Termiz, Samarqand.Toshkent shahrida-4ta, viloyatlarda-7 ta. Jami 11 ta.
Shaharlar |
Suhbatlar soni |
Bevosita suhbat |
Telefon orqali suhbat |
Toshkent |
400 |
200 |
200 |
Andijon |
100 |
50 |
50 |
Namangan |
100 |
50 |
50 |
Farg‘ona |
100 |
50 |
50 |
Jizzax |
100 |
50 |
50 |
Qarshi |
100 |
50 |
50 |
Termiz |
100 |
50 |
50 |
Samarqand |
100 |
50 |
50 |
Jami |
1100 |
550 |
550 |
Tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachining asosiy shartlari:
1. Xizmatni taqdim etishning barcha bosqichlarida ijrochi buyurtma beruvchining vakili bilan ishlaydi va ishning har bir bosqichini muvofiqlashtiradi.
2. Tadqiqot natijalari xususan fotosuratlar, audio yozuvlar USB-flesh orqali taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimot hamda matnli ko‘rinishdagi hisobot taqdim etiladi.
3. Tadqiqot natijalari asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatinitakomillashtirish va bank ish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha konkret tavsiyalar ishlab chiqiladi.
To‘lov shartlariTadqiqot pul o‘tkazish yo‘li orqali15 foiz oldindan to‘lov sharti bilan amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijalarini Bankka taqdim etish muddati: 2020 yil10 maygacha.
Ilova 2
Tashkilot nomi
Manzil va tafsilotlar
№______
Sana: ___.____.2020 y.
«Trastbank» XAB
TIJORAT TAKLIFI
Ushbu bilan ___________________________kompaniyasi Sizga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
№ |
Xizmat nomi |
narxi, so‘m |
1. |
Mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksini (CSI) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish. |
|
2. |
Mijozlarning bankka nisbatan hayrixohlikindeksini (NPS)aniqlashbo‘yicha tadqiqot o‘tkazish. |
|
|
JAMI |
|
To‘lovshartnomagamuvofiqpul o‘tkazish yo‘li bilan.
Xizmatlar uchun oldindan to‘lov15%.
Tadqiqotni to‘liq yakunlash____kalendar kuni ichida.
Direktor
____________________ __________________
(imzo, muhr) (F.I.Sh.)