Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Biznes reja

Yangilangan sana: 25 Fevral 2021, 15:54

Biznes-rejaga muvofiq 2021 yilda rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
(Bank Kengashi tomonidan 2020 yil 27 noyabrda tasdiqlangan)

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki respublikaning rivojlangan banklaridan biri sifatida bank xizmatlari va moliya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash uchun mutlaq va nisbiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini yetarli darajaga ko‘tarilishini taminlash niyatida.

Strategik rivojlanishning maqsadlari:

  • Rentabellikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish faoliyatini takomillashtirish orqali daromadni ko‘paytirish;
  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, kapitalining yetarliligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida mustahkamlash;
  • faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlar bazasini sifatli va miqdoriy ravishda kengaytirish, yirik omonatchilarda konsentratsiyaning pasayishi;
  • Uzoq muddatli resurs bazasini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini faol jalb qilish;
  • aktivlar sifatini yaxshilash, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarning so‘ndirilishi bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning kelgusida yuzaga kelmasligining oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Kredit berish jarayonini soddalashtirish, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini tahlil qilish va baxolashni optimallashtirish, kredit portfelini diversifikatsiya qilish;
  • masofaviy bank xizmatlari soni va qamrovini ko‘paytirish, shu jumladan kontaksiz to‘lovlar, avtomatlashtirilgan tizimining keng qo‘llanilishi, raqamli identifikatsiya va kredit konveyeri, bank sohasida yangi konsepsiyalar va texnologiyalarni joriy etish (marketpleys, ovozli texnologiyalar)
  • Bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini rivojlantirish, Bank Kengashi huzuridagi xatarlarni nazorat qilish qo‘mitasi ishini kuchaytirish, bank tavakkalchiliklarini boshqarish departamentining mustaqilligini taminlash, rivojlanishning turli ssenariylaridan foydalangan holda stress-test rolini oshirish, kredit byurolari bilan ishlashni optimallashtirish;
  • «Rayffayzen Bank Interneshnl» (Avstriya), «Kommersbank AG» (Germaniya) xorijiy banklari bilan muzokaralar va tegishli tartiblar o‘tkazish;
  • kredit liniyasini jalb qilish;
  • filiallar va bank xizmatlari markazlarining mintaqaviy tarmog‘ini rivojlantirish, yangi filiallarni ochish;
  • Xalqaro standartlar asosida korporativ boshqaruv tartibini ishlab chiqish;
  • 9-sonli Xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashga qo‘yiladigan yangi talablarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash sifatini yaxshilash;
  • ISO 9001: 2015 sifat menejmenti tizimining muvofiq standartlariga rioya qilish;
  • Xodimlar bilan ishlash usullarini takomillashtirish, xodimlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, «O‘quv markazi» ning samarali ishlashini taminlash;
  • bank xodimlari va tarkibiy bo‘linmalari uchun (KPI) asosiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech