Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi – 2024”da samarqandlik yoshlar ham faol qatnashdi

Yangilangan sana: ...
“Umumjahon pul haftaligi – 2024”da samarqandlik yoshlar ham faol qatnashdi
2 May 2024

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan hududlarda “Umumjahon pul haftaligi – 2024” (Global money week – 2024) doirasida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu jarayonlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol qatnashmoqda.photo_2024-05-02_14-49-28

photo_2024-05-02_14-49-24Samarqand shahridagi 81-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘quv  mashg‘ulotlari shular jumlasidandir.photo_2024-05-02_14-49-16

photo_2024-05-02_14-49-46200 nafarga yaqin o‘quvchilar qatnashgan ushbu tadbir yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir, desak mubolag‘a emas. Zero, o‘g‘il-qizlar mashg‘ulotlar davomida moliya-iqtisod borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishdi. Xususan, ularga Bank faoliyati, raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli xavfsizlik, NFC to‘lov tizimlari haqida tushunchalar berildi.photo_2024-05-02_14-49-20

photo_2024-05-02_14-48-56Qolaversa, o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, “Zakovat” intelektual o‘yini tarzidagi savol-javoblarda ham faol ishtirok etishdi.photo_2024-05-02_14-49-40

photo_2024-05-02_14-49-49Shuningdek, tadbirda qatnashgan o‘quvchi-yoshlarga “Trastbank” XABning esdalik sovg‘alari topshirildi.photo_2024-05-02_14-49-52
#trastbankuz #trustbankuz #trustbank30yil #finlituzb #globalmoneyweek #umumjahonpulhaftaligi

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 217
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech