Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kadrlar siyosati

Yangilangan sana: ...
Bank xodimlar salohiyatini rivojlantirishni belgilangan strategik vazifalarni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida ko‘radi. Bank xodimlari mehnatining unumdorligini oshirish, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni ommaviy tarzda joriy qilish, o‘rta bo‘g‘in rahbarlari hamda mutaxassislar vakolatini kengaytirish xodimlarni boshqarish tizimining oldiga yangi maqsad bilan bir qatorda boshqa dolzarb vazifalar qo‘yilishini taqozo etadi. 
Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun xodimlar zahirasi bilan olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘lib, Bankning strategik rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassis jamoasini yaratishdir. 
  
Kadrlar siyosati bankning strategik rivojlanishiga muvofiq ravishda shakllanadi. Kadrlar siyosatining asosini Bank faoliyatining yuqori darajasi va amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar jamoasini yaratishning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili tashkil etadi. 

Bank kadrlar siyosatini amalga oshirishida rag‘batlantirishning yangi usullarini taklif etish bilan birga xodimlarning kasbiy mahorati, ishbilarmonligi va shaxsiy fazilatlariga alohida e’tibor qaratadi, xodimlarning ishga nisbatan novatorlik va zamonaviy yondoshuviga xayrixoh bo‘ladi, an’anaviy qadriyatlarga tayangan holda zamonaviy korporativ madaniyatni qo‘llab quvvatlaydi.

Kadrlar siyosati xalqaro standartlarga javob beradigan korporativ boshqaruvning shaffof va tushunarli tizimiga ega bo‘lish bilan birga, kadrlar salohiyatining yanada kengroq ochilishi uchun imkoniyat yaratadi, bu esa Bankning asosiy afzalliklaridan biridir. 

Kadrlar siyosatining tashkiliy qismlari shunday tuzilganki, u nafaqat Bankning zamonaviy ilg‘or texnologiyalar, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy mezonlarga tez moslashuvini, shuningdek zarur o‘zgarishlar va innovatsiyalarning samarali joriy etilishini ta’minlaydi. 
 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech