Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kreditlar

Yangilangan sana: ...

Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta kredit muddatiga rasmiylashtiriladi. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda maksimal xarajat aks ettiriladi.
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mustaqil ravishda to‘ldirilishi mumkin. Garov mulkini baxolash xarajati o‘rtacha 3,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.
Notarial idora tomonidan, belgilangan miqdorlarda davlat boji to‘lanadi. Garov shartnomasini notarial rasmiylashtirish xarajati o‘rtacha 1,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi natijasida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan korxonalar, shu jumladan turizm va xalqaro yuk tashish hamda bevosita shu bilan bog‘liq sohalar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan taqdim etilgan arizaga muvofiq, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ajratilgan kreditlarni real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ushbu masala yuzasidan qarzdor tashkilotlar toʼgʼridan-toʼgʼri bankning xizmat koʼrsatilayotgan filiallariga murojaat qilishlari yoki onlayn arizani toʼldirib quyidagi elektron manzilga joʼnatishlari mumkin: sh.mirmuhamedov@trustbank.uz

«Trastbank» XAB tomonidan yuridik shaxslarga kreditlar ajratish masalasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mijozlar uchun turli kredit turlarini taklif etadi hamda har bir mijozga garov mulkini tanlash va baholash imkoniyatini yaratish, kreditni qaytarish bo‘yicha imtiyozli shart-sharoitlar va ular bilan kredit bo‘yicha moliyaviy-kredit holatlari yuzasidan individual sharoitlar tatbiq etiladi.

Asosiy qulayliklar:

Kredit ajratilishida tezkor qaror qabul qilish, taqqoslash (raqobat) asosida foiz stavkalarini belgilash hamda mijozlar uchun maksimal darajada ularga ma’qul shart-sharoitlarda ularning faoliyat yo‘nalashlari va maqsadlariga kredit ajratish to‘g‘risida bankning malakali mutaxassislari tomonidan professional darajadagi konsultatsiyalar berish yo‘lga qo‘yilgan. Bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga milliy valyutada investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, mikrokreditlar va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar ajratiladi.

Kichik biznes sub’ektlariga quyidagilar kiritilgan:

- yakka tartibdagi tadbirkorlar;

- ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

Quyidagi tarmoqlardagi:

- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan engil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;

- metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;

- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo-sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;

- fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi bo‘lgan kichik korxonalar.

KREDIT OLISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI:

  • Ariza;
  • Ta’sis hujjatlarining nusxalari, litsenziyalari va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar;
  • Qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja (texnik iqtisodiy asosnoma);
  • Qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno;
  • Kredit ta’minoti turlaridan biri;
  • Kredit ajratish uchun loyiha bo‘yicha boshqa hujjatlar.

* «Trastbank» XAB qarzdorning to‘lovga layoqatliligini aniqlash maqsadida qo‘shimcha hujjatlar talab qilish huquqiga egadir.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Bank filiallari nomlari

Filiallardagi telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4

2

«Toshkent» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2

3

«Darxon» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5

4

Yakkasaroy filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0

5

Andijon filiali

( + 9 9 8 7 4 ) 2 2 6 - 6 9 - 7 1

6

Namangan filiali

( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5

7

Samarqand filiali

( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29

8

Termiz filiali

( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 7 - 3 5 - 0 0

9

Qarshi filiali

( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5

10

Farg‘ona filiali

( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8

11

Jizzax filiali

( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 - 1 6

Kreditlash departamentining telefonlari: (+ 998 71) 207-36-44 (389; 383).


«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech