Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Investitsiya krediti – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari normal faoliyat yuritishida zarur bo‘lgan qurilish, rekonstruksiya yoki texnikaviy qayta qurollantirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyiha ekspertizasini o‘tkazish, asbob-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlar o‘tkazilishini o‘z ichiga olgan holda) hamda boshqa asosiy fondlarni sotib olish yoki yaratish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi kapital qismini sotib olish uchun mo‘ljallangan kredit.

Investitsiya kreditlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, bankda talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlariga, mulk shaklidan qat’iy nazar, milliy va chet el valyutada taqdim qilinadi.

Bank, qarzdorlarga chet el valyutasida investitsiya kreditlarini taqdim qilinishi to‘g‘risida masalalarni hal qilishda maxsus e’tiborni, kreditlanayotgan tadbirlarning valyutada o‘zini qoplashidan iborat asosiy prinsipdan kelib chiqqan holda, kredit so‘ndirilishining manbalari mavjud bo‘lishiga qaratadi.

Investitsiya kreditlari qarzdorlarga qaytarishlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli ishlatilishi shartlarida beriladi. Qarzdorlar bankning kredit resurslari samarali ishlatilishi yuzasidan javobgardir. Kreditlash shartlari buzilgan hollarda ularga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Investitsiya kreditlari bankning o‘z va jalb qilingan kredit resurslari hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy va chet el valyutada operatsiyalari bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga amal qilgan holda, taqdim qilinadi.

Investitsiya krediti bank va qarzdor o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan tijorat shartlarda taqdim qilinib, foizlar milliy valyutada (kredit milliy valyutada berilganda) va chet el valyutasida (kredit chet el valyutasida berilganda) undiriladi. Kreditlash shartlari yuzasidan har qanday o‘zgartirishlar kredit shartnomaga qo‘shimcha kelishuv rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Investitsiya krediti berish muddati loyihaning maqsadi, texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra loyihaning o‘zini oqlash muddati, loyiha oxiriga yetkazilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liq boshqa holatlarni inobatga olib, 5 yildan (60 oydan) oshmagan davrga belgilanadi.

Investitsiya kreditini taqdim qilish to‘g‘risida masalani hal qilishda, kreditni qoplash manbai va garovlariga, oldin berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorning bank oldidagi majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Investitsiya loyihasi tashabbuskori bo‘lgan qarzdor malakasiga talablar:

- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qarzdor o‘rnatilgan tartibda tashkil qilinib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak;

- qarzdorning moliyaviy holati qoniqarli bo‘lishi kerak, u loyiha muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bankrotlik yoki boshqa sud va suddan tashqari ko‘rib chiqishlar xavfi oldida turmagan bo‘lishi kerak;

- ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan qarzdorlarning loyihalari bank kredit siyosati talablariga muvofiq bo‘lsa, ular investitsiya kreditlarini olish yuzasidan ustivor huquqga ega bo‘ladilar;

- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan bank tavakkalchiligini minimallashtirish maqsadida, loyiha umumiy qiymatidan qarz oluvchining o‘z mablag‘lari 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar investitsiya loyihasi bo‘yicha kredit qaytarish ko‘rsatkichlari bank uchun ma’qul bo‘lsa, ayrim hollarda bank kengashi ruxsati asosida, Kredit komissiyasi qarzdorning loyihadagi o‘z mablag‘lari ulushini kamaytirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Investitsiya kreditini olish uchun qarzdor filialning kreditlash bo‘linmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • investitsiya kreditini olish uchun ariza (kredit buyurtmasi), bunda majburiy tartibda, so‘ralgan investitsiya kreditining maqsadi, summasi, to‘lov valyutasi, muddati va ta’minoti ko‘rsatiladi;
  • qarzdorning ta’sis hujjatlari nus’halari (ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma, faoliyatini amalga oshirish uchun ma’muriy idoralardan olingan litsenziya). Bunda, muddati o‘tgan barcha hujjatlar yangilanishi yoki muddati uzaytirilishi (prolongatsiya qilinishi) kerak;
  • investitsiya kreditini olish yuzasidan ta’sischilarning rozilik bildirish haqida majlis qarori;
  • investitsiya loyihasini butun kreditlash davri davomida qarzdorning bank hisobvarag‘iga kelib tushadigan pul tushumlar istiqboli (pul oqimi) majburiy tartibda ko‘rsatilgan biznes-reja. Bundan tashqari, biznes-rejada yana quyidagilar ifodalanishi kerak: kreditlanayotgan tadbirning texnik-iqtisodiy asoslantirilishi va loyihaning o‘zini qoplashi; sotib olinayotgan tovar tavsifi, sotuvchi mamlakati, qiymati, asbob-uskunalar sotib olinayotganda esa – zarur xom-ashyo bilan ta’minlash haqida ma’lumotlar; butun qurilish davri davomida qurilish ishlari, uskunalarni sozlash va ishlab-chiqarish quvvatlarni o‘zlashtirish bo‘yicha majmuaviy jadval; kredit ishlatilishi va so‘ndirilishi yuzasidan hisob-kitoblar; loyiha ishlab-chiqarish-tijoriy faoliyatini normal ishga tushirilishini va investitsiya loyihasini amalga oshirilishi muddatlari kreditlash shartlari bilan to‘g‘ri kelishini ta’minlaydigan potensial xaridorlar bilan tayyor mahsulotni sotib olish yuzasidan tuzilgan kelishuv bayonnomasi va shartnomalari; investitsiya loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi boshqa ma’lumotlar;
  • oxirgi ikki hisobot yili bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq idorasi tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-sonli shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotlar (2-sonli shakl) nusxalari, 90 kundan ortiq qarzdorliklar yuzasidan solishtiruv bayonnomalar nusxalari ilova qilingan holda debitor va kreditor qarzdorliklar yoyilmasi;
  • qarzdorning qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlaydigan auditorlik tashkiloti xulosasi nusxasi (O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» qonuniga muvofiq auditorlik tekshiruvlar amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan korxonalarga tegishli);
  • boshqa kreditorlardan olingan qarz mablag‘lar va boshqa banklarda saqlanayotgan bo‘sh pul mablag‘lari mavjudligi haqida ma’lumotnoma hamda o‘z kapitali bilan boshqa korxonalar tashkil qilinishida qatnashishi to‘g‘risida ma’lumotlar;
  • qarzdor nomidan kredit shartnomani imzolash huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar, agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, imzolar namunasi;
  • investitsiya kreditini qaytarilishi ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar;
  • Bank ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Ayrim hollarda, filialning kreditlash bo‘linmasi investitsiya loyihasini tahlili jarayonida zarur bo‘lganda qarzdordan uning moliyaviy holati hamda ko‘rib chiqilayotgan masalada u taqdim qilayotgan ta’minotga tegishli qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishi mumkin.

Investitsiya kreditining so‘ndirilmaslik xataridan saqlanish uchun qarzdor, loyihani amalga oshirish uchun, bankka ma’qul bo‘lgan ta’minotni taqdim qilishi kerak. Ta’minotga asosiy talab – uning tez va erkin sotilishi. Qarzdor quyidagi ta’minotlardan birini taqdim qilishi mumkin:

- qarzdorga tegishli mulk garovi yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan uchinchi shaxslar mulk garovi;

- bank uchun ma’qul bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari kafolati yoki sug‘urta polisi;

- tekshirilgan to‘lov layoqatliligi va barqaror moliyaviy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yuridik shaxs maqomidagi uchinchi shaxslar kafilligi (bank oldida hozir yoki oldin muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan, bankka ma’qul bo‘lmagan kreditga layoqatliligiga ega bo‘lgan, zarar bilan ishlaydigan tashkilotlar, nolikvid balansga ega bo‘lgan tashkilotlar kafilligi qabul qilinishi mumkin emas);

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va investitsiya kreditini etarli darajada himoyalanganligi yuzasidan oqilona ishonch beradigan va sotilishi mumkin bo‘lgan boshqa ta’minot turlari.

Bank tomonidan garov sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin emas:

- qonun hujjatlariga ko‘ra yoki ixtisoslangan sharoitlar sababi bilan [uzoqda joylashganligi, qo‘riqlanadigan hududda joylashishi, nolikvid bo‘lishi, boshqa (garovga qo‘yilmagan) mulkdan ajralmas bo‘lishi va h.k.] erkin xarid qilinishi va sotilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk;

- mulkdorlik huquqi shubhali bo‘lsa;

- mulk qarzdorning boshqa majburiyatlari bo‘yicha garovda bo‘lsa, agar bank tomonidan amaldagi garovga oluvchi garov predmetiga huquqni bank foydasiga yon berish haqida lozim tartibda (ko‘chmas mulk garovi bo‘lganda – notarial idorada tasdiqlangan) rasmiylashtirilgan kelishuv tuzilmagan bo‘lsa;

- xatlangan mulk yoki xatlash xavfi bo‘lgan mulk;

- qarz oluvchini boshqa majburiyatlari bo‘yicha garovda bo‘lgan mulk;

- nomoddiy aktivlar (savdo markalari, nou–xau, injiniring va h.k.).

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Bank filiallari nomlari

Filiallardagi telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

( + 9 9 8 7 1 ) 2 4 4 - 7 6 - 4 9

2

«Toshkent» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2

3

«Darxon» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5

4

Yakkasaroy filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0

5

Andijon filiali

( + 9 9 8 7 4 ) 2 2 6 - 6 9 - 7 1

6

Namangan filiali

( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5

7

Samarqand filiali

( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29

8

Termiz filiali

( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 4 - 2 2 - 5 1

9

Qarshi filiali

( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5

10

Farg‘ona filiali

( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8

11

Jizzax filiali

( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 - 1 6

Kreditlash va investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining telefonlari: (+ 998 71) 241-76-21, (+ 998 71) 244-14-53.

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9448.53
10553.06
12255.69
147.70
9601.19
87.15
Sotib olish
9400.00
10000.00
11500.00
100.00
9000.00
70.00
Sotish
9480.00
10600.00
12100.00
170.00
9600.00
100.00
 
-6.71
114.48
297.65
0.45
112.74
-0.08
22.10.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech