Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bugungi kunda butun dunyoda plastik kartochkalar orqali to’lov tizimi keng tarqalgan. Ular to’lov vositasi sifatida supermarketlarda, magazinlarda, xizmatlar sohasidagi korxonalarda, uyali aloqa kompaniyalarida, avia va temir yo’l kassalarida, avtomobillarga yoqilg’i quyish shahobchalarida va boshqa joylarda qabul qilinadi. Kartochkalar orqali plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlar qabul qiluvchi elektron terminallar bilan jihozlangan istalgan savdo punktida to’lash mumkin.

Plastik kartochkalarining afzalliklari:

  • hisob-kitoblarning tezkorligi hamda aniqligi;
  • havfsizlik;
  • mablag’larni jamg’arish.

Plastik kartalar yordamida Siz quyidagi amaliyotlarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • Kartochkaga pul mablag’ining butunlay qismini yoki ma’lum bir qismini юklash;
  • Pul mablag’larini yopiq qoldiqdan ochiq qoldiqqa o’tkazish (ochiq qoldiqdagi mablag’larini sarflashda parol talab qilinmaydi);
  • Kartochka parolini o’zgartirish, jumladan, terminal yordamida;
  • Pul mablag’lari harakati haqida, shu jumladan terminal yordamida ham, ma’lumot olish;
  • Karta balansi haqida, shu jumladan terminal yordamida ham, ma’lumot olish;
  • Naqd pul olish.

Plastik kartochkalarning naqd pullarga nisbatan yana bir qo’shimcha afzalligi shundan iboratki, uni yo’qotish mumkin emas. Butun dunyoda plastik kartalarni ishlatishning qulayligi, oddiyligi va ishonchliligi munosib baholangan. Bank kartalari – bu zamonaviy, qulay va Sizning pulingiz havfsizligini kafolatlovchi elektron hamyondir.

Siz halqaro plastik kartalari departamentidan Bankning quyidagi telefoni orqali yanada to’liq ma’lumot olishingiz mumkin:

Telefon:(998 71) 239 36 36


Xalqaro kartalar
Milliy valyutadagi kartalar



Qo‘shimcha ma’lumotlar

Hozircha ma’lumot yo’q

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech