Ma’lumki, mijozlarga tezkor, sifatli va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish bu bank muvaffaqiyatining garovidir. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki shu jihatlarga alohida e’tibor qaratib, bu borada xodimlarning malakasini muntazam ravishda oshirish barobarida o‘z faoliyatida namuna ko‘rsatgan kadrlarni rag‘batlantirib kelmoqda. Joriy yilning 24-25-aprel kunlari “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tomonidan “Termiz” va “Qarshi” bank xizmatlari ofislari xodimlari uchun amaliy seminarlar tashkil etildi. Ularda “Sirli mijoz” usuli asosida olib borilgan o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumot berildi. Jumladan, bank xizmatlari ofislari va markazlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “Reception” yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning mijozlarga o‘rnatilgan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishdagi ijobiy holatlari bilan birga yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari bo‘yicha tahliliy ko‘rsatkichlar taqdim etildi.Shuningdek, bank xizmatlari ofislarida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda xodimlarning savollariga javob qaytarildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
172