Hurmatli “Trastbank” mijozlari!
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2017 yilning 12 oktyabr kuni soat 11:00 da “Trastbank” XAB Yakkasaroy filialida Boshqaruv Raisi birinchi o‘rinbosari F.I.Samarxodjayev ishtirokida sayyor qabul tashkil etiladi (manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, O‘rikzor ko‘chasi, 1-B uy).
Bank rahbariyati bilan uchrashishni istagan bank mijozlari quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilib qabulga yozilishlari mumkin: (+99871) 241-76-25, 244-46-21
Qabulda ishtirok etish istagidagi bank mijozlari o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) taqdim etishlari lozim.