Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish tizimi mustahkamlanmoqda

Yangilangan sana: 26 Fevral 2021, 19:13
Mijozlarga sifatli  xizmat ko‘rsatish  tizimi mustahkamlanmoqda
25 Fev 2021

Ma’lumki, tijorat banklari o‘z xodimlarining tayyorgarlik darajasini tekshirish, shuningdek bank xizmatlari bozorida mijozga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Sirli mijoz” xizmatidan faol foydalanmoqdalar. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham o‘z xodimlarining mijozlarga professional va sifatli xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, ularning ish faoliyatlarini doimiy baholab borish maqsadida bu tizimdan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, joriy yilning 11-19 fevral kunlari Bankning Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon” va Yakkasaroy filiallari hamda filiallarga qarashli Bank xizmatlari markazlarida “Sirli mijoz” xizmati tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘rganish natijalari yuzasidan amaliy seminarlar tashkil etildi.

IMG_0378.JPG

Tashkil etilgan amaliy seminarlar davomida Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘stmuhamedov va Tashqi marketing kompaniyasi rahbari Shuhrat Zokirovlar tomonidan o‘rganish natijalarida filiallar, Bank xizmatlari markazlari, Valyuta ayriboshlash shoxobchalari, “Reception”, kredit, chakana bank xizmatlari markazlari, plastik kartalar hamda tashqi iqtisodiy va faoliyat yo‘nalishlari sohalarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning mijozlarga o‘rnatilgan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishda yo‘lga qo‘ygan xato va kamchiliklari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berildi. O‘rganish davomida to‘plangan ballar asosida tuzilgan filiallar reytingi e’lon qilindi hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi tadbirlarning doimiy o‘tkazib borilishi mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga va sohaning samarali faoliyatida muhim asos hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 676
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech