Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Tadbirkor murojaati – aniq raqamlardagi samarali natijalar

Yangilangan sana: 19 Sentabr 2019, 15:55
Tadbirkor murojaati – aniq raqamlardagi samarali natijalar
12 Sen 2019

Tadbirkorlar hamkoriga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki joriy yilning avgust oyida davomida respublika bo‘yicha jami 7597 ta turli soha hamda yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va eksportyor korxonalar rahbarlari bilan Bank Boshqaruvi Raisi, uning o‘rinbosarlari va filial boshqaruvchilari tomonidan ochiq muloqotlar tashkil etdi.

O‘tkazilgan ochiq muloqot davomida respublika bo‘yicha jami 966 ta bankka yordam so‘rab murojaat qilgan tadbirkorlarni tashkil etgani holda, shundan 838 ta tadbirkor murojaati bevosita bank sohasiga oid masalalar, ya’ni kredit buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish, eksport operatsiyalari masalalari, bank tarif stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va boshqa bank sohasiga oid murojaatlardan iboratligi aniqlandi. Shuningdek, 966 ta murojaatdan 128 tasi taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

Xususan, bank rahbariyati tomonidan mazkur 838 ta murojaatning 816 tasi hal etilib, qolgan 22 ta masala bo‘yicha sabablari o‘rganilib, tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirishlar berildi.

Tadbirkorlar bu kabi qabullar va munozaralarning foydaliligini tan olib, belgilangan formatda hamkorlikni davom ettirish istagini bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkor va eksportyorlar bugun soat 16.00 ga qadar “Trastbank”ning Yakkasaroy filiali boshqaruvchisi Alisher Abidov bilan bevosita ochiq muloqot o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 505
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech