Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Farg‘onada “Umumjahon pul haftaligi 2024” doirasida tadbirlar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
 Farg‘onada “Umumjahon pul haftaligi 2024” doirasida tadbirlar o‘tkazildi
18 Apr 2024

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv dasturi doirasida “Umumjahon pul haftaligi 2024” (Global money week 2024) tadbirlari o‘tkazilmoqda.01 (2)Fargʻona shahar 40-IDUM “Parvoz” maktabida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bilan hamkorlikda “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazildi.02 (4) Unda 9-sinf oʻquvchilari uch guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashishdi. O‘quvchilar pul-kredit siyosati, mablag‘larni jamg‘arib borish va ularni maqsadli ishlatish, kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish hamda raqamli moliyaviy savodxonlikka oid shartlarga quvnoqlik va zukkolik bilan javob berishdi.03 (2)Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh avlodning moliya-iqtisod borasidagi savodxonligini oshirish, yoshlarni raqamli bank bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatlaridan ogoh etish kabi maqsadlarga ham zamin yaratadi.06Shuningdek, tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarga “Trastbank” XABning esdalik sovg‘alari topshirildi.

02 (4)

 

#trastbankuz #trustbankuz #trustbank30yil #finlituzb #globalmoneyweek #umumjahonpulhaftaligi

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 145
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech