Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank: «Kamondan otish» sport turini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda

Yangilangan sana: 9 Oktabr 2020, 10:07
Trastbank: «Kamondan otish» sport turini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda
7 Okt 2020
O‘tmishda ota-bobolarimiz juda qadimgi davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan boy ma’naviyat va moddiy yodgorliklarni meros qoldirishgan. Ular chavandozlik, merganlik va yakka kurashning usullarini yaxshi egallagan edilar.

2.jpg

Bugungi kunda asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida e’zozlanib kelingan, o‘zbek xalqining tarixiy merosi – “Kamondan otish” sport turini qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

3.jpg

Mamlakatimizda kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni “Kamondan otish” sport turi bilan muntazam shug‘ullanishiga keng shart-sharoitlar yaratilmoqda.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham doimiy ravishda mamlakatimiz sport sohasining rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan banklardan hisoblanadi.

4.jpg

Xususan, joriy yilning 1-6 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internati hududidagi O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi bazasida o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

5.jpg

Mazkur musobaqa qizg‘in bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Final baxslarida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, Kamondan otish federatsiyasining Bosh homiysi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki vakillari ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirladilar.

6.jpg

Taqdirlash marosimidan avval ot ustida kamondan otish ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Bu o‘zi-o‘zidan albatta qiziquvchining kamondan otish sport turiga jalb etishga imkon yaratadi.
Saralash musobaqalari natijalari ko‘ra, erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan “Kamondan otish” sport musobaqasi 1-o‘rin g‘olibligi Farg‘onalik hamyurtlarimiz Shohjahon Abdulhamidovga va ayollar o‘rtasida g‘oliblik Ziyoda Abdusattorovalarga nasib etdi. Aralash juftlik o‘yinida 2-o‘rinni Toshkent shahridan Shamsiddin Abduqahhorov va Maftuna Maxmudovalar egallagan bo‘lsa, 1-o‘rin g‘olibligi Farg‘onalik Shohjahon Abdulhamidov va Ziyoda Abdusattorovalarga nasib etdi.

7.jpg

Bosh homiy sifatida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi g‘olib sportchi yoshlarimizni chin dildan muborakbod etadi. 2021 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXII yozgi olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori o‘rinlarda ko‘rish nasib etsin. Yosh sportchilarimizga g‘oliblik muborak bo‘lsin!
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1747
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech