Hurmatli mizojlar
O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan boshlab tijorat banklarining qiymati qat'iy summada belgilangan xizmatlar haqlari (bank xizmatlari haqlari tariflari) qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) aylanmasiga tortilishi va ular bo‘yicha QQS solig‘i to‘lanishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 16-maydan boshlab, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining xorijiy valyutadagi topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar kuchga kirishini ma'lum qilamiz.
Unga muvofiq "Trastbank" XAB mijozlarining xorijiy valyutadagi topshiriqlarini bajarganlik uchun qat'iy summada belgilangan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan birga undiriladi.