Bugungi tinch va osoyishta, farovon kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlar ruhini yod etish, urush va mehnat faxriylariga hurmat va ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Zero, mamlakatimizda inson aziz, xotira-muqaddas.
Xalqimiz ong-u shuuriga singib borayotgan bu boqiy qadriyat qalblarga yorug‘lik olib kirishi bilan bir qatorda vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tuyg'ularning har bir yurtdoshimiz qalbida yana bir karra jo'sh urishiga turtki bo'ladi, desak mubolag'a emas.
Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
"Trastbank" XAB jamoasi.