Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



Valyuta operatsiyalari bo‘yicha tez-tez beriladigan savollar va javoblar 7

  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini doimiy muassasa o‘tkaza ola
    O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa sifatida olib boruvchi norezidentning ishchilari-jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga ish haqi uchun qarzdorlikni qoplash hisobidan xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini doimiy muassasa o‘tkaza oladimi?

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktabrdagi «Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to‘g‘risida»gi PF-1601-sonli farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to‘lovlarni amalga oshirishlari qatiyan man qilingan.

    Mazkur to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek so‘mlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun to‘lovlar yuqorida ko‘rsatilgan to‘lov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

  • Men O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiman. Mening akam xorijdan pul o‘tkazmasi (Western Union, MoneyGram va boshqalar) tizimi orqali nomimga pul yubormoqchi. Ushbu pul o‘tkazmalarini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali olishimda to‘siqlar mavjudmi?
    Men O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiman. Mening akam xorijdan pul o‘tkazmasi (Western Union, MoneyGram va boshqalar) tizimi orqali nomimga pul yubormoqchi. Ushbu pul o‘tkazmalarini xalqaro pul o‘tkazmalari orqali olishimda to‘siqlar mavjudmi?

    Mazkur mablag‘larni xorijiy valyutada olsam bo‘ladimi?

    Amaldagi qonunchilikka ko‘ra jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan va jo‘natilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan va jo‘natilgan valyuta boyliklariga ega bo‘lishi va ushbu valyuta boyliklarini erkin tasarruf etishi mumkin.

    Xalqaro pul o‘tkazmalari jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshiriladi va xalqaro pul o‘tkazmalari orqali yuborilgan pul mablag‘lari yuborilgan xorijiy valyutada qabul qilinadi.

  • Bizning tashkilotimiz xorijiy korxona bilan qarz shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomaga ko‘ra tashkilotimiz hisob raqamiga xorijiy valyuta kelib tushishi lozim. Mazkur mablag‘lar bizning bank hisob raqamimizga o‘tkazilishi uchun nima qilishim kerak?


    Qonunchilikka muvofiq tashqi qarzni jalb etish bilan bog‘liq valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun talab qilib olguncha asosiy hisob raqam ochilgan bankka ariza, qarz shartnomasi va unga tegishli hujjatlarni topshirish lozim.

    Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo‘lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo‘lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo‘yilgan bo‘lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

    Yuqoridagi hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank qarz shartnomasi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larni korxonaning hisob raqamiga o‘tkazadi.

  • Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (SOYaEAT) yangi shartnomalar hamda ularga o‘zgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering?


    Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha axborotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (SOYaEAT) kiritish «Ye-Kontrakt» yoki «VED kontrakt» dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarda ishlash tartibi xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tushuntiriladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi banklar Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha axborotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (SOYaEAT) kiritishda ham yordam berishlari mumkin.
  • Fuqarolar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini tushuntirib bering?


    Rezident–jismoniy shaxslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operatsiyalar bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

    Bunda, rezident–jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining konversion operatsiyalar bo‘limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida etarli miqdorda pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi.

    Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida etarli miqdorda milliy valyutadagi mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to‘ldirilishi mumkin.

    Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag‘ etarli bo‘lganda, rezident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi.

    Milliy valyutadagi mablag‘ tijorat bankning operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo‘yicha to‘lov terminali orqali echib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkazib beriladi.

    Bank va rezident-jismoniy shaxs o‘rtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro to‘lov kartasidan foydalanish qoidalari ko‘rsatiladi.

  • Internet magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun onlayn to‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?


    Internet «magazinlar»da tovarlarni xarid qilishda onlayn to‘lovlarni xalqaro to‘lov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan xorijiy valyutalarni so‘mga nisbatan kursi to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni qanday olishimiz mumkin?


    Xorijiy valyutalarni so‘mga nisbatan kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur ma’lumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin. Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy hisoblanadi va so‘rovchi tomonidan mazkur saytdagi ma’lumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10184.73
11455.78
12713.60
142.48
10769.51
94.74
Sotib olish
10180.00
11000.00
12000.00
100.00
10000.00
70.00
Sotish
10250.00
12000.00
13500.00
160.00
11000.00
110.00
 
11.35
44.30
166.77
-3.49
36.96
-0.15
MB kursi - 07.07.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 13.07.2020 09:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech