Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Savol-javoblar




Omonatlar 6

  • Omonat bo‘yicha foizlar qanday xisoblanadi?


    Omonat bo‘yicha foiz omonat Bankka qabul qilingan kunning keyingi sanasidan boshlab omonatni Omonatchiga qaytarib beriladigan kungacha hisoblanadi.

    Omonatchining omonat hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida Bank omonatdagi pul mablag‘idan foydalana olmagan davr uchun foiz hisoblanmaydi.
  • Omonatni qayerda ochish mumkin?


    Omonatlarni bank ofisiga tashrif buyurish yoki masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish va TrustPay mobil ilovasi orqali omonat qo‘yish orqali ochish mumkin.
  • Agar qaytib kelish sanasi dam olish kunlari yoki ta’til kunlariga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa omonatni yopish mumkinmi?


    Agar omonat bank ofisida ochilgan bo‘lsa va omonat qaytatilishi dam olish kunlari yoki ta’til kunlariga to‘g‘ri kelsa, omonat keyingi bank ish kunida qaytariladi.

    Agar omonat TrustPay mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, unda omonat shartnomada belgilangan muddatda qaytariladi.
  • Agar omonatni muddatidan oldin qaytarib olsam, foizlar qanday xisoblanadi?


    Barcha mablag‘ni qaytarib olish uchun omonatni muddatidan oldin bekor qilishi kerak. Bank omonatchiga to‘langan yoki to‘lanmaganligidan qat’i nazar, jarimalar belgilash va foizlarni qayta xisoblash xuquqiga ega. Omonatdan mablag‘larni muddatidan oldin olish shartlari, omonatni joylashtirishda shartnomada ko‘rsatilgan foizlarni xisoblash uchun majburiydir.
  • Omonatdan mablag‘larni qisman olib qo‘yish nimani anglatadi?


    Qisman olib qo‘yish degani, xisobingizdagi mablag‘larning bir qismini xisoblangan foizlarni yo‘qotmasdan olib qo‘yishingiz mumkin. Qisman olib qo‘yiladigan omonatlar sizning foizlaringizni yo‘qotishdan qo‘rqmasdan o‘z mablag‘laringizni erkin tasarruf etishingizga imkon beradi. Kutilmagan tarzda investitsiyalarning bir qismiga extiyoj sezgan bank mijozi bunday omonatlarning barcha afzalliklarini to‘liq baxolay oladi.

  • Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida bankni ogohlantirish kerakmi?


    To‘liq muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda xam, pul mablag‘lari qisman olib qo‘yilgan taqdirda xam omonatchi o‘z niyatlari to‘g‘risida bankka oldindan xabar berishi kerak (qoida bo‘yicha-omonat olish kerak bo‘lgan kundan 1 oy oldin).
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech