Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» XAB Boshqaruvi tarkibida o‘zgarish

Yangilangan sana: ...
25 May 2017
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kengashining 2017 yil 23 maydagi qaroriga asosan Normuxamedov Sardor Rifatovich “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi lavozimiga, Gabbazov Kamil Gabbazovich hamda Kurganov Ziyovuddin Muxiddinovich Boshqaruv Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandilar.
Normuxamedov Sardor Rifatovich 2002 yili Toshkent moliya institutini, 2007 yili esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Bank tizimidagi faoliyatini 2002 yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida mutaxassis lavozimidan boshlab, bo‘lim boshlig‘i, departament direktori o‘rinbosari va departament direktori lavozimlarida ishlagan.
2015 yildan boshlab hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Bank sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega.
K.G.Gabbazov bank sohasida 22 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, “Trastbank” XAB kreditlash va investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish departamentiga rahbarlik qilib kelgan.
Z.M.Kurganov 2003 yili Toshkent moliya institutini soliq va soliqqa tortish fakultetini tamomlagan. 2008 yili O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini loyihaviy moliyalashtirish mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Bank tizimidagi faoliyatini 2003 yilda mutaxassis lavozimida boshlagan. Shu davrga qadar “Oriyent-finans” XATB Tavakkalchilikni boshqarish departamenti direktori lavozimida ishlagan. 
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2778
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech