Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Tashqi savdo faoliyat va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish” mavzuida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 18 Avgust 2017, 13:11
18 Avg 2017
 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining majlislar zalida tashqi savdo faoliyat va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish” mavzuida seminar o‘tkazildi.
Seminar Bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan Bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda G‘aznachilik departamentlari bilan hamkorlikda filial xodimlarining malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur seminarda tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar ishtirok etdilar. 

DSCN2522.JPG

Seminar bir-necha bosqichlardan iborat bo‘lib, har bir bosqich mavzusiga ko‘ra keng yoritildi va amaliy mashg‘ulotlar, savol-javoblar bilan jonli tarzda o‘tkazildi. Seminarda asosan valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, mijozlarning mablag‘larini erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishni amalga oshirish va valyuta mablag‘ining maqsadli ishlatilishini nazorat qilish, chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish, bank mijozlari tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar uchun vositachilik haqini undirish va filial daromadiga kirim qilish, valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish, xorijiy valyutadagi xujjatli amaliyotlar: akkreditivlar, bank kafolatlari va to‘lovlar kabi masalalar keng yoritildi.
Bank axborot xizmati
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1443
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech