Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Yana uchta mini-bank ishga tushdi

Yangilangan sana: 31 Iyul 2018, 21:55
Yana uchta mini-bank ishga tushdi
31 Iyul 2018

2018 yilning 31 iyulidan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining yana uchta yangi – “G‘uzor” (Qarshi filiali qoshida), “Qo‘rg‘ontepa” (Andijon filiali qoshida) va “Osiyo” (Jizzax filiali qoshida) mini-banklari ishga tushdi.

Yangi mini-banklar yuridik shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish uchun barcha zarur texnikalar bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda respublika hududlari bo‘yicha “Trastbank”ning 56 ta mini-banki tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 12 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Shuningdek, bankning 4 ta filiali poytaxtda, 7 tasi esa O‘zbekiston bo‘ylab muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Mini-banklar quyidagi manzilda joylashgan:

“G‘uzor” mini-banki – Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Do‘stlik MFY, O‘zbekiston ko‘chasi uy/raqamsiz.

Telefon: (375) 552-22-77

“Qo‘rg‘ontepa” mini-banki – Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa shahri, Mustaqillik ko‘chasi, uy/raqamsiz

Telefon: (374) 723-23-77, 723-15-77

“Osiyo” mini-banki – Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, katta xalqa yo‘li

Telefon: (595) 280-01-97

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1282
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech