Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar

Yangilangan sana: 2 Avgust 2018, 09:48
31 Iyul 2018

2018 yilning 23-27 iyul kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining barcha filiallarida Davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 fevraldagi “2017-2018 yillarga mo‘jallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi” ijrosi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

IMG_20180726_091340.jpg

Seminar-treninglarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining barcha filiallari boshqaruvchilari, mutaxassislari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va diniy idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida bank xodimlariga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat Prokuratura organlari xodimlari tomonidan mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, ushbu Qonunning qabul qilishidan ko‘zlangan maqsad, uning jamiyatimizda tutgan o‘rni, asosiy prinsiplari, kasb odob-axloq qoidalariga bo‘lgan talablarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

IMG_20180726_091343.jpg

“Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda”, - deydi Jizzax shahar Prokuraturasi prokuror yordamchisi Ja’far Toyloqov.

- Ma’lumki, “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham anglatadi. “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi”, - degan fikrlar mavjud. Bugungi kunga kelib esa butun dunyo iqtisodiyotiga korrupsiyaning salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

- Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, - deb bejiz ta’kidlamadilar. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish, muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga aylanishi lozim”, - deb so‘zini yakunladi prokuror yordamchisi Ja’far Toyloqov.

расм .jpg

Seminar-trening davomida bank xodimlarining Kasb-axloq kodeksida belgilangan me’yorlarga rioya qilishi, muntazam ravishda ijro intizomini mustahkamlash, axloq-odob estetikasiga rioya qilinishini ta’minlash, huquqbuzarlik holatlari kelib chiqishini, shu jumladan ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi illatlarning oldini olish borasida fikrlar almashildi.

Seminar-trening yakunida qonun hujjatlarining chuqur o‘zlashtirilishi korrupsiyaga qarshi kurashning ma’rifatli yo‘li ekanligi, shuningdek “Trastbank” faoliyati ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olishda bankning har bir xodimi faollik ko‘rsatishi lozimligi, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita muloqot o‘rnatilishi esa ko‘zlagan natijani berishi alohida ta’kidlandi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2090
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech