Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kreditlashning zamonaviy shakllari va uning huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 11 Dekabr 2018, 15:17
Kreditlashning zamonaviy shakllari va uning huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi
11 Dek 2018

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki joriy yilning 8 dekabr kuni Samarqand shahrining “Registon Palace” mehmonxonasida xodimlarning bilim va malaka ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Kreditlashning zamonaviy shakllari va uning huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Unda Bank Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari Kamil Gabbazov, tegishli departament direktorlari va mustaqil boshqarmalar boshliqlari, bankning hududiy filiallaridagi bank xatarlarini boshqarish, kreditlash va investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash va monitoring qilish hamda yuridik xizmati bo‘limlaridan iborat 120 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etdi.

IMG_1537.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari Kamil Gabbazov bank Boshqaruvi nomidan seminar ishtirokchilarini bugungi qutlug‘ sana – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yillik bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etarkan, bank tizimida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishga xizmat qilishi, bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanishini, albatta bu jarayonda esa bank tizimi xodimlarining bilim malakalarini yanada oshirish va mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bank tizimi rivojida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

IMG_1561.jpg

“Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – bankimizning barcha filiallarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilash haqidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda bank faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berishdan iborat.

Xususan, kreditlash tizimiga zamonaviy yondashuv, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish, kredit buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, kreditni rasmiylashtirishning huquqiy asoslari, plastik kartochkalar bo‘yicha overdraft kreditlarini rasmiylashtirish, muammoli kreditlarning paydo bo‘lish omillari va ularnibataraf etish uslublari, skoring operatsiyalari tushunchasi va ulardan foydalanish,xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha pul mablag‘larini o‘zlashtirishda tashabbuskorlarga qo‘yiladigan talab, shuningdek ISO 9001:2015 standarti tushunchalari va amaliyotda qo‘llash uslublari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi”, - deydi “Trastbank”ning kichik biznes sub’ektlarini kreditlash va monitoring qilish departamenti direktori Farrux Zakirov.

IMG_0589.JPG

Seminar jarayonidahududiy filiallarimizda faoliyat yuritayotgan har bir xodimga aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish borasida aniq yo‘nalish va vazifalar batafsil tushuntirildi. O‘ylaymanki, bugungi seminarda ishtirok etgan har bir xodim viloyat miqyosida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mavjud savollariga bevosita javob olgan holda o‘z sohasi bo‘yicha zaruriy ko‘rsatma va bilimga ega bo‘ldi.

Seminarning shunday qutlug‘ sanada ya’ni - 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunida, aynan salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lgan navqiron Samarqand shahrida tashkil etilganligi bankning har bir xodimida bayramona o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

IMG_1582.jpg

Men ishonch bilan aytishim mumkinki, bugun bankning har bir xodimi o‘z sohasi bo‘yicha zarur malakaviy bilimga ega bo‘lish bilan birga o‘zgacha taassurot oldi. Mana shu go‘zal Samarqand shahrida tashkil etilgan seminar-trening bankimizning katta jamoasini jipslashtirib, o‘zaro fikr almashishga hamda jamoaviy ruhni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi”, - deya so‘zini yakunladi Farrux Zakirov.

Tadbir davomida “Kichik biznes sub’ektlarini kreditlashga zamonaviy yondashuv”, “Investitsiyaviy faoliyatni muvofiqlashtirish va bu sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash”, “Qarzdorlarning kredit buyurtmasini ko‘rib chiqilishi va ma’qullanishi”, “MSFO tushunchasi va uni amaliyotda qo‘llash usullari”, “Kredit operatsiyasini rasmiylashtirishning huquqiy asoslari”, “Muammoli kreditlarning paydo bo‘lish omillari va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari”, “Skoring operatsiyalar va undan foydalanish tushunchalari”, “Xorijiy kredit liniyalar ajratishda qo‘yiladigan talablar”, “ISO 9001:2015 standarti tushunchalari va amaliyotda qo‘llash uslublari” bo‘yicha departament va mustaqil boshqarmalar tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy taqdimotlar va amaliyotda qo‘llash istiqbollari haqida ma’ruzali chiqishlar qilindi.

IMG_1534.jpg

Shuningdek, seminar davomida barcha o‘tilgan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan yanada mustahkamlash maqsadida muammolarga sabab bo‘luvchi holatlar tashkil etilib, interfaol usullardagi o‘yinlar orqali xodimlarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirish imkoniyati yaratildi.

- “O‘tkazilgan o‘quv-seminar nihoyatda samarali bo‘ldi, - deydi bankning Qarshi filiali kreditlash va moliyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Laziz Qobilov. Bu treningda nafaqat skoring operatsiyalar va undan foydalanish tushunchalaridan, balki bank ishining samaradorligini oshirish sirlaridan boxabar bo‘ldik, “ISO 9001:2015 standarti tushunchalari va amaliyotda qo‘llash uslublari tajribasi bilan yaqindan tanishdik”, - dedi Laziz Qobilov.

20181208_170008.jpg

Seminar-trening so‘nggida 2018 yil davomida samarali mehnat qilgan filial xodimlari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2267
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech