Plastik kartalar sohasidagi firibgarlikni oldini olish va xizmat ko‘rsatishda to‘lov tranzaksiyalari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki joriy yilning 6-aprelidan boshlab magnit tasmali Visa xalqaro plastik kartalariga pul mablag‘lari kirimi faoliyati to‘xtatilishini maʼlum qiladi.
Shuningdek, xalqaro plastik kartadan foydalanish istagida bo‘lgan mijozlar uchun MasterCard xalqaro plastik kartalarini taklif etadi.