Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbankda “Islom moliyasi, bankchiligi va uning tamoyillari” mavzusida seminar tashkil etildi

Yangilangan sana: 7 Yanvar 2021, 11:55
Trastbankda “Islom moliyasi, bankchiligi va uning tamoyillari” mavzusida seminar tashkil etildi
6 Yan 2021
Joriy yilning 5 yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Islom moliyasi, bankchiligi va uning tamoyillari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Bankning Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi hamda filiallarning kredit va buxgalteriya bo‘limlaridan jami 122 nafar xodim onlayn tarzda ishtirok etdi.

Bankning islomiy moliyalashtirish uslublarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha mutaxassisi Muhammadfayoz Ibodov ishtirokchilarga islom moliyasi tushunchasi, uning manbalari va islom bankchiligi mahsulotlari: murobaha, ijara, mudoraba, mushokara to‘g‘risidagi tushunchalar hamda islom moliyasini asosiy shar’iy qoidalari va ta’qiqlari haqida batafsil tushuncha berdi.

IMG_8753.JPG

Ma’ruzachi islom bankchilik tarixiga to‘xtalar ekan, uning boshlang‘ich, o‘rta va zamonaviy davrlarni qamrab olganligini, Islomiy bank 1963 yilda Misrda birinchilardan bo‘lib tashkil etilgani hamda hozirda Saudiya Arabistoni, Dubay, Malayziya, Eron, Sudan, Bahreyn va boshqa 100 ga yaqin davlatlarda islom moliyasi asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatilayotgani, shundan 40 foizi islomiy bo‘lmagan davlatlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, ma’ruzachi Islom moliyasining yetishmasligi bilan bog‘liq qator muammolarga to‘xtalib, O‘zbekiston sharoitida bu tizimning amaliyotga joriy etilishi natijasida, bank tizimida ham o‘ziga xos raqobatning yuzaga kelishiga va sohaga oid ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkinligini qayd etdi.

IMG_8729.JPG

Bundan tashqari, ma’ruzachi Trastbank tomonidan “Islomiy darcha” xizmatining amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berdi.

Vebinarning yakunlovchi qismi savol-javob tarzida tashkil etilib, unda mavzu bo‘yicha xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2234
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech