Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Filiallarning moliyaviy ko‘rsatkichlari va “renking” ko‘rsatkichlari tahliliy ko‘rib chiqildi

Yangilangan sana: 4 Dekabr 2020, 15:02
Filiallarning moliyaviy ko‘rsatkichlari va “renking” ko‘rsatkichlari tahliliy ko‘rib chiqildi
2 Dek 2020
Joriy yilning 1 dekabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti hamda O‘quv markazi hamkorligida “Filiallarning moliyaviy ko‘rsatkichlari va renking ko‘rsatkichlari” mavzusi bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh ofis xodimlari bilan birga, Bankning Yuridik xizmat departamenti yuriskonsultlari, bosh buxgalterlar va filiallarning kreditlash amaliyotlari bilan shug‘ullanuvchi jami 72 nafar xodim ishtirok etdi.

Onlayn seminarda, Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti direktori Mileusha Muxammedyarovabank aktivlari, yuqori likvidlilik, aktivlarning filiallar bo‘yicha ulushining standart qiymatlari, chakana biznes amaliyotlarida kredit va lizing operatsiyalarining filiallar qirqimidagi reytingi, filiallarning kredit portfelida mijozlarning kredit ulushlari, kredit va lizing uchun mutloq zayomlar bo‘yicha yaratilgan rezervlar qoldig‘i kabi masalalar yuzasidan filiallarning 2020 yil davomida egallagan reyting o‘rinlarini yoritib berdi.

IMG_5573 1.jpg

Onlayn muloqot davomida filiallarning moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘sish va pasayish sur’atlari, resurs bazasini mustahkamlash, kredit amaliyoti tavakkalchiligi, bank iqtisodiy me’yoriy ko‘rsatkichlari hamda filiallarni daromadliligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qizg‘in bahs va munozara shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1306
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech