Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Yangilangan sana: 2 Dekabr 2020, 16:49
Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2 Dek 2020
Mamlakatda bank sohasini rivojlantirish, investitsion salohiyatni oshirish va banklarning mijoz uchun ishlashini tashkillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish bugungi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish va chakana biznesni rivojlantirish sohasida faol ishtirok etib, xalqaro moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda.

IMG_5457.JPG

Xususan, joriy yilning 1 dekabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Turkiyaning birinchi litsenziyalangan UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuvda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov, Bankning Chakana biznes departamenti direktori Nazirjon Hayitaliyev, Bankning Xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘limi boshlig‘i Safar Kulbekov, Turkiyaning UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi Bosh direktori – Boshqaruv a’zosi Xakan Ozat, Ijrochi direktori Murat Kastan, Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi mutaxassisi Melis Amanmurat va UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimining O‘zbekistondagi vakili Aziz Asanov ishtirok etdi.

IMG_5452.JPG

Aytish joizki, mazkur imzolangan shartnomaga asosan endilikda Turkiya va O‘zbekiston fuqarolari ushbu bank xizmatidan foydalangan holda xalqaro pul o‘tkazmalarini (turk lirasi, AQSh dollari, yevro va so‘mda) amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1317
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech