Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank xodimlariga sertifikatlar topshirildi

Yangilangan sana: 15 Avgust 2019, 14:46
Bank xodimlariga sertifikatlar topshirildi
15 Avg 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va Norma rivojlanish markazi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholi va bank xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish vazifalari yuklatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli qarori va 2018 yil 8 fevraldagi “Aholi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini moliyaviy savodxonligini oshirish dasturi”ga muvofiq, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan Memorandum imzoladi, ushbu hujjat asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Mazkur chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash borasida bank xodimlarini moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan “Trastbank” va “Norma” professional rivojlanish markazi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan, markaz qoshidagi Direktor.uz saytida Trastbankning 150 dan ortiq bank xodimlari elektron tarzda moliyaviy savodxonliklarini oshirdilar.

Bugungi kun holatiga, Amaliyot boshqarmasidan 13 ta, “Darxon” filialidan 2 ta, Samarqand filialidan 16 ta, Andijon va Namangan filiallaridan 13 ta, Qarshi filialidan 9 ta, Farg‘ona filialidan 7 ta va boshqa filiallarni qo‘shib hisoblaganda jami 70 dan ziyod bank xodimlari o‘zlarining moliyaviy savodxonliklarini oshirib, tegishli sertifikatlarni oldilar.

Shu bilan birga, bugungi kunda bank xodimlari o‘z mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Norma” professional rivojlanish markazi qoshidagi Direktor.uz saytiga a’zo bo‘lishlariga ko‘maklashmoqda.  

Manba: Bank O‘quv markazi / Ko'rishlar: 555
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech