Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Murojaatlar e’tiborsiz qolmaydi!

Yangilangan sana: 28 Sentabr 2017, 18:23
28 Sen 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilingan joriy yilda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etishda har bir murojaatning negizida xalqning dardi va tashvishi turganligini inobatga olgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Trastbank XAB rahbariyati tomonidan joylarda “Sayyor qabul”lar o‘tkazilib, aholi bilan bevosita muloqotlar tashkil etilmoqda.

Xususan, “Trastbank” XAB “Darxon” filialida Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Sayyor qabul”da filial mijozlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etishdi. “Sayyor qabul” davomida “Darxon” filialida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning vakillari, xususiy tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan va ish jarayonida yuzaga keladigan vaziyatlar bo‘yicha barcha savollariga to‘liq javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv ishtirokchilari “Trastbank” XAB rahbariyatiga mijozlarning murojaatlariga bo‘lgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirib, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarini ijobiy baholadilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1295
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech