Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ijodiy uchrashuv

Ijodiy uchrashuv
16 Avg 2017
Bugungi qahramonimizning san’atga kirib kelishi tasodif emasdi. Bu aktyor haqida gapirganda bevosita inson chehrasiga tabassum jilolanishi bejiz emas.
2017 yilning 16 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida taniqli aktyor, ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni Bank xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Qobiljon Jo‘rayev ochib berar ekan, - mamlakatimizda teatr va kino san’atiga bo‘lgan e’tibor, jamiyatimiz hayotida, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’at sohasining o‘rni, uning ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladi. 

DSCN2510.JPG

Aktyor Murod Rajabov uchrashuv ishtirokchilariga o‘zining hayoti va ijodi, teatr va kino san’atiga kirib kelish jarayonlari, shuningdek, mashhur “Temir xotin” filmining sur’atga olish jarayonlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. - Aslida aktyor sifatida teatrda shakllanganman, - deydi O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov.
- Teatrdagi 20 yillik faoliyatimdan keyin, ya’ni 1988 yil ishdan ketdim. Bunga kino sohasida ishlarim ko‘payib ketgani sabab bo‘lgan. Orada o‘tgan tanaffus esa bugungi ish faoliyatimda yaxshi yordam beryapti. Nega deganda, teatrda ishlamagan yillarim bu sohani chetdan kuzatib, o‘zimga kerakli xulosalar chiqardim. Kamchilik va yutuqlarimni tahlil qilishga o‘zimga imkon berdim. Teatrni sog‘inganimni esa ish boshlagach angladim. Bugun teatrga bor mehrimni berishga tayyorman. Barcha sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yuksalayotgani, shahar va qishloqlarimiz obod bo‘lib, aholi turmush darajasi oshib borayotgani biz, ijod ahliga yanada ilhom bag‘ishlaydi.

DSCN2508.JPG

Uchrashuv jonli, qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Bank axborot xizmati
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1646
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech