Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

50000 (ellik ming) so‘mlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi bo‘yicha sharh

Yangilangan sana: 16 Avgust 2017, 18:14
16 Avg 2017
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017 yil 14 avgustdagi KQ-218-III-sonli qarori bilan Markaziy bankning qiymati 50 000 (ellik ming) so‘m bo‘lgan banknoti namunasi hamda dizayni tasdiqlandi.

Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan 50 ming so‘mlik banknotlar joriy yilning 22 avgustidan muomalaga chiqariladi.

Milliy valyutaning 50 000 so‘m qiymatdagi banknotini muomalaga kiritish mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, muomalaga yirik banknotlarning chiqarilishi iqtisodiyotdagi pul massasining o‘zgarishiga olib kelmaydi hamda inflyatsiya darajasi va narxlar barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Shuningdek, mazkur amaliyot:

naqd puldagi hisob-kitoblarni ixchamlashtirish, naqd pulni tashish, etkazish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar va noqulayliklarni kamaytirish;

bankomatlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki / Ko'rishlar: 2137
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech