Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Angliyaning xalqaro “Brand Finance” kompaniyasi tomonidan “Trastbank” eng yaxshi brendlar ro‘yxatiga kiritildi

Yangilangan sana: 1 Aprel 2024, 10:21
Angliyaning xalqaro “Brand Finance” kompaniyasi tomonidan “Trastbank” eng yaxshi brendlar ro‘yxatiga kiritildi
1 Apr 2024

 Kuni kecha Angliyaning xalqaro nufuzli “Brand Finance” kompaniyasi tomonidan ilk bor O‘zbekistonning Top-10 brendlari ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mamlakatimizdagi eng yuqori, Top-3 brendlar ro‘yxatidan o‘rin oldi. 

 Qayd etish joizki, bu marketing imkoniyatlari va brend kuchiga beriladigan yuqori bahodir. Brendni o‘rganishda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ishonch, narxlarni o‘z ichiga olgan 20 dan ortiq atributlar inobatga olingan. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot har bir brendning ommabopligi, mijozlarning unga munosabati kabi jihatlarni ham ko‘rsatadi.

 Mazkur reyting “D” dan “AAA”gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha raqobatchilarga nisbatan brendning kuchi, xavfi va kelajakdagi salohiyatini baholaydigan “Brend Strength Index” bo‘yicha tuzilgan. O‘z o‘rnida, bu kontseptual jihatdan kredit reytingiga o‘xshaydi. “Trastbank” mazkur ro‘yxatda “Kuchli” brend sifatida qayd etildi. Tabiiyki, bunday yuqori ko‘rsatkich har qanday biznes uchun qimmatli aktiv sanalib, mijozlarni yuqori darajada jalb qilish, ularning mamnun bo‘lishi, sodiqligi hamda brendning targ‘ibotiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, biznesning o‘sishi va rentabelligini oshiradi.

 Albatta, ushbu natija nafaqat “Trastbank” XABda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning, ayniqsa, doim ishonch bildirib kelayotgan Siz, aziz mijozlarning yutug‘idir!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 174
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech