Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Yangilangan sana: 27 Iyun 2019, 09:29
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
27 Iyun 2019

27 iyun – mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanadi. Bu kun o‘zlarining fidokorona va mashaqqatli, jumladan sharafli kasbi bilan xalqimizni axborot bilan ta’minlashda faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari sohasi xodimlarini «Trastbank» rahbariyati va jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Jurnalist kasbi vakillarining to‘rtinchi hokimiyat deya tan olinishi ham bejiz emas. Sizning axborot uzatishingiz insonlar dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib, jamiyatning madaniy-xulqiy me’yorlarini qo‘llab-quvvatlash orqali jamoatchilik fikri shakllanadi. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ko‘plab OAV vakillari bilan hamkorlik qiladi, albatta bu kabi hamkorlikdan mamnun bo‘lgan holda “27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan barcha televideniya va radio, nashriyot, jurnalistika va matbaa sohasi xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi!

Qalamingiz doimo o‘tkir bo‘lishini, xolis tanqid ruhidagi ishtiyoqingiz so‘nmasligini, ijodiy ilhom va barcha rejalaringiz ro‘yobga oshishini tilaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, mamlakatimiz aholisini xolis axborot bilan ta’minlashdek mas’uliyatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Manba: “Trastbank” jamoasi / Ko'rishlar: 771
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech