“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” doirasida joriy yilning 13 sentabr kuni bankimizning Samarqand filiallarida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul “Trastbank” xususiy aksiadorlik banki Boshqaruv Raisi S.R.Normuxamedov ishtirokida o‘tkazildi. Hududiy filialimiz mijozlari rahbariyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqib, bank xizmatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Sayyor qabul “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” shiori ostida o‘tkazildi. Bank rahbariyati shuningdek, filialimiz rahbari va xodimlari tomonidan mijozlar tomonidan ko‘tarilgan hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi va o‘z echimini topdi.
E’tiborli tomoni shundaki, mijozlar o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning muximligi va rahbariyat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun bo‘ldilar.