Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Toshkent shahar, “Navoiy” ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

Yangilangan sana: 27 Aprel 2023, 10:41

Toshkent shahar, “Navoiy” ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

 

Tashkiliy savollar:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

Trastbank XAB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

 

2023-yil 19-may soat 15:00 min.

 

  1. “Trastbank” XABning 2022-yil faoliyati yakunlari va 2023-yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
  2. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2022-yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
  3. 2022-yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
  • moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot,
  • foyda va zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,
  • kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
  • pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
  • 2022-yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
  1. Aksiyalarning 26 qo‘shimcha chiqarilishi yakunlari va Bank ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.
  2. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
  3. Bank Ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
  4. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
  5. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
  6. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish.
  7. 2022-yilda olingan foydani taqsimlash.
  8. Bank faoliyatining 2023-yilning 1-yarim yilligi va 2023-yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
  9. “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi bilan mehnat shartnomasi tuzish to‘g‘risida.
  10. Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha 2022-yilda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
  11. Balansdan tashqari hisob raqamda yuritilayotgan aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi 2022-yil 18-noyabrdagi 163-sonli va 2022-yil 2-dekabrdagi 172-sonli Bank Kuzatuv kengashining bayonnomalari qarorlarini tasdiqlash.
  12. Bank Kuzatuv Kengashining 2022-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
  13. Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  14. “Trastbank” XAB Taftish komissiyasi (taftishchisi) bekor qilinishi va “Trastbank” XABning Taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi Nizomni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish.
  15. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  16. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.
  17. 2022-yil yakuni bo‘yicha Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  18. Agar ikki va undan ortiq Kuzatuv kengashining a’zolari afillangan shaxslar bo‘lsa affillangan shaxs bilan kelgusida kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash to‘g‘risida.

 

“Trastbank” XAB aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2023-yil 19-mayda Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy “Trastbank” XAB binosining 5-qavatida o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning  umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana – 2023-yil 25-aprel.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida 2023-yil 15-may holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bank aksiyadorlari, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, “Navoiy” ko‘chasi, 7-uy.

Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

(78)140-00-88, (71) 207-62-12.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech