Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 95) 198-41-09
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

«Universal» iste’mol krediti

Yangilangan sana: 7 Sentyabr 2020, 16:23

«Universal» kredit loyihasi jismoniy shaxs ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, tovarlar va xizmatlar uchun ajratiladi.

“Universal” moliyaviy iste’mol kreditlari ob’ekti – jismoniy shaxs ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan, uzoq muddat davomida ishlatiladigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan quyidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar):

  • uy-ro‘zg‘or buyumlari (idish-tovoq, suvenir, xrustal va boshqalar);
  • maxsus o‘quv kursida o‘qish to‘lovini amalga oshirish (hamshiralik, haydovchilik, kelinlikka tayyorlash, bichish-tikish, til o‘rganish va boshqalar);
  • muqobil harbiy xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • oshirilgan (tabaqalashtirilgan) kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan talabaning oliy o‘quv yurtida o‘qish uchun to‘lovini amalga oshirish (agar kontrakt qiymati ushbu Qoidalar bo‘yicha ajratiladigan kreditning maksimal qiymatidan ko‘p bo‘lsa, kontraktning ortiqcha qiymati talaba yoki uning ota-onasi yoxud vasiyning o‘z mablag‘i hisobidan to‘lanadi); (Bank kuzatuv kengashining 2019 yil 28 dekabrdagi 191-qarori bilan tasdiqlangan va 547-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga muvofiq kiritilgan jumla)
  • nogironlar aravasi va boshqa sog‘liqni tiklash anjomlari;
  • tibbiy xizmat haqini to‘lash (davolanish, tish qo‘ydirish, jarrohlik operatsiyasi va boshqalar);
  • sayohat va kurort yo‘llanmalarini sotib olish (mamlakat ichida);
  • avtomobilga metan (propan) gaz moslamasini o‘rnatish xizmati to‘lovini amalga oshirish;
  • avtotransport vositasini ta’mirlash xizmati to‘lovini amalga oshirish;
  • avtomobilning ehtiyot qismlari;
  • har xil turdagi mototexnikalar (mototsikl, krosser, skuter, chopper, moped, tritsikl va boshqalar);
  • sport anjomlari (har xil turdagi velosiped va boshqa anjomlar);
  • yonilg‘i asosida elektr quvvati ishlab beruvchi uskuna (elektr generator);
  • to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • uy jihozlari (mebel, gilam, vanna, rakovina, parda va boshqalar);
  • orgtexnika va maishiy buyumlar (telefon, kompyuter, televizor, gaz plita, konditsioner va boshqalar);
  • qurilish materiallari (tsement, parket, shifer, bruschatka, gipsokarton, plastik va alyumin profillar, gips, ohak, armatura, truba, kafel va boshqalar);
  • tayyor qurilish materiallari (temir darvoza, deraza panjarasi, eshik-deraza va boshqalar);
  • turar-joyga gaz, elektr, suv tushirish xizmati to‘lovini amalga oshirish;
  • muqobil energiyadan foydalanishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar;
  • umumta’lim maktabi o‘quvchisining zamonaviy maktab formasi;
  • ikki konturli avtonom isitish qozoni;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tovar (ish, xizmat).

Ko‘chmas mulk, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk moliyaviy iste’mol krediti ob’ekti bo‘lishi mumkin emas;

«Universal» moliyaviy iste’mol kreditlar haqida ma’lumot

Kredit miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

Ta’minot turi

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bo‘lsa

12 oydan oshmagan muddatgacha

22%

- doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs maqomiga ega korxona kafilligi;

- ko‘chmas mulk garovi;

- transport vositasi garovi;

- pul mablag‘lari garovi.

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda bo‘lsa

24 oydan oshmagan muddatgacha

24%

- doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘lgan ikkita jismoniy shaxs kafilligi yoki yuridik shaxs maqomiga ega korxona kafilligi;

- ko‘chmas mulk garovi;

- transport vositasi garovi;

- pul mablag‘i garovi.

Iste’mol kreditini olish uchun qarz oluvchi tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) qarzdorning/mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yashash uchun ruxsatnomasi) seriyasi va raqami, yashash joyi, kredit ob’ekti, so‘ralgan kredit muddati, kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning qarzdor/mijoz tomonidan ijro etilishiga oid ta’minot ko‘rsatilgan kredit arizasi. Kredit arizasi qarzdor/mijoz tomonidan sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi;

b) pasportdan (yashash uchun ruxsatnomadan) nusxa olinadi, unda familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy holati va muqim ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ushbu ma’lumotlar kredit xodimininng “asliga to‘g‘ri” yozuvi va imzosi bilan tasdiqlanadi;

v) qarzdorning/mijozning ariza bergan sanasiga nisbatan so‘nggi 12 (o‘n ikki) oy davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, xususiy tadbirkorlar uchun – tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yilda olingan daromadlari haqida deklaratsiya;

g) kredit o‘z vaqtida qaytarilishining ta’minotiga oid hujjatlar;

d) tovar (ko‘rsatilgan xizmat) xarid qilish to‘g‘risida sotuvchi va qarzdor//mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma va unga ilova sifatida sotuvchiga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsat hujjatlari nusxasi (ma’muriy idoralar tomonidan berilgan litsenziya, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati va h.k.);

e) Garov reestriga yozuv kiritishga qarzdor/mijoz va garov beruvchining yozma roziligi.

* Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Bank filiallari nomlari

Filiallardagi telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4

2

«Toshkent» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2

3

«Darxon» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5

4

Yakkasaroy filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0

5

Andijon filiali

( + 9 9 8 7 4 ) 2 2 6 - 6 9 - 7 1

6

Namangan filiali

( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5

7

Samarqand filiali

( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29

8

Termiz filiali

( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 7 - 3 5 - 0 0

9

Qarshi filiali

( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5

10

Farg‘ona filiali

( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8

11

Jizzax filiali

( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 - 1 6

Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44 ichki raqam (11368)



Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting. Maksimal summa: eng kam ish haqining 200 barobari
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta xarajatlari mijoz tomonidan mustaqil to‘ldirilishi mumkin. Agar mijoz tomonidan to‘ldirilmasa ushbu bo‘limga sayt tomonidan muqobil xarajat avtomatik ravishda qo‘yiladi
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mijoz tomonidan mustaqil to‘ldirilishi mumkin. Agar mijoz tomonidan to‘ldirilmasa ushbu bo‘limga sayt tomonidan muqobil xarajat avtomatik ravishda qo‘yiladi


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech