Mazkur milliy valyutadagi omonatlarga mablag‘lar “Imkon-3” uchun 3 oyga, «Imkon-6» uchun 6 oyga, «Imkon-12»ga esa 12 oy muddatga qabul qilinadi. Omonat naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda kiritiladi. Foiz to‘lovlari omonatchining xohishiga ko‘ra har oyda yoki muddati tugagandan so‘ng kapitalizatsiyasiz to‘lanadi. Ushbu omonatlar bankning barcha filiallari tomonidan taqdim etiladi.
Bankning xorijiy valyutadagi «Ishonch-6» depozitiga mablag‘lar 6 oyga qabul qilinib, yillik ustama to‘lovlari omonatchi xohishiga ko‘ra, har oyda yoki omonat muddati tugaganidan so‘ng beriladi.
Shuningdek, muassasada yangi depozitlardan «Ishonch-12»ga 12 oyga, hisobvaraq ochilishi belgilangan. Ular bo‘yicha yillik foiz to‘lovlari omonatchi xohishiga ko‘ra har oyda yoki omonat muddati tugaganidan so‘ng kapitalizatsiyasiz to‘lanadi.
Ta’kidlash joizki, bankka jalb qilinayotgan aholi mablag‘larining kelib chiqish manbalari surishtirilmasdan, uning sir saqlanishi to‘la kafolatlangan. Hisobvaraqlardagi mablag‘lar mijozlarning birinchi talabidayoq hech qanday to‘siqlarsiz berilishi ta’minlangan.
Bank Axborot xizmati


