Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ochiq muloqot - aholi farovonligi garovi

Yangilangan sana: 13 Oktabr 2017, 18:50
13 Okt 2017
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Trastbank” XAB rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
“Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi birinchi o‘rinbosari boshchiligida joriy yilning 12 oktyabr kuni Yakkasaroy filialida o‘tkazilgan “Sayyor qabul”da filial mijozlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxs vakillari ishtirok etishdi. Qabul davomida xususiy tadbirkorlar, jismoniy shaxs va yuridik shaxs vakillari o‘zlarini qiziqtirgan konvertatsiya, kredit olish va boshqa turli masalalar yuzasidan batafsil to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv ishtirokchilari bank rahbariyati bilan yuzma-yuz ochiq muloqotda tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratilganligi uchun minnatdorchilik bildirib, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarini ijobiy baholadilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 961
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech