Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

“Trastpay” ilovasi mijozlari uchun o‘tkaziladigan sovrinli aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

Yangilangan sana: 17 Aprel 2024, 16:41

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Trastpay” ilovasi mijozlari uchun o‘tkaziladigan sovrinli aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

VAQTINCHALIK NIZOM

 Mazkur hujjat “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) Bank xizmatlarini raqamlashtirish va foydalanuvchilarini oshirish maqsadida Trastpay ilovasi mijozlari uchun o‘tkaziladigan sovrinli aksiyasini o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

  1. Aksiya tashkilotchisi Bank hisoblanadi.
  2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida Bank tomonidan o‘tkaziladi.
  3. Aksiya 2024 yil 2024 yil 18 apreldan 2024 yil 18 mayga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkaziladi.

2-§. Aksiya ishtirokchilari

  1. Aksiyada 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Aksiyada Bank xodimlarining ishtirok etishlari taqiqlanadi.
  3. Aksiyani o‘tkazilish davrida ishtirokchilarning ushbu Vaqtinchalik nizom qoidalariga amal qilishlari talab qilinadi.

3-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari

  1. Bank mobil ilovasi “Trastpay” orqali 100 000 (yuz ming) so‘m va undan ko‘p to‘lov amalga oshirgan shaxs avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
  2. Bank kreditlarini so‘ndirish uchun amalga oshirilgan pul tranzaksiyalari aksiyada ishtirok etmaydi.
  3. Uzcard va Humo protsessing tizimi kartalari orasida o‘tkazilgan (P2P) operatsiyalar ham aksiyada ishtirok etuvchi operatsiya hisoblanadi.

4-§. Aksiyada yutuqqa qo‘yilgan sovrinlar tarkibi

  1. Bosh sovrin: 1 (bir) ta yo‘nalish bo‘yicha 2 (ikki) kishilik chet el sayohatiga yo‘llanma. (1 ta yo‘llanma)
  2. a) Boshqa sovrinlar:
  3. b) Iphone 15 pro (3 dona)
  4. c) Airpods 2 pro (3 dona)
  5. d) Iwatch 9 series (3 dona)
  6. e) Playstation 5 (2 dona)
  7. Yutuq egasi ma’lum bir yutuqni boshqa bir yutuqqa almashtirishni yoki uni pul ko‘rinishida berishni talab qilish huquqiga ega emas.

5-§. Aksiyani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibi

  1. Aksiya o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash Bank boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosida tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. G‘oliblar 2024 yil 18 apreldan 2024 yil 18 mayga qadar amalga oshirgan to‘lov va P2P tranzaksiyalar egalari orasidan yuqorida keltirilgan muddatlarda ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida qayd etilgan komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi.
  3. Bank aksiyani o‘tkazish tartibiga bir tomonlama qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, yutuqlar tarkibini kengaytirish yoki ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda ular kuchga kiritilishidan 3 (uch) ish kuni oldin bu haqdagi tegishli axborot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
  4. Aksiya g‘oliblarining nomi va surati Bankning rasmiy veb-sayti – www.trustbank.uz hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

6-§. Yutuqlarni topshirish tartibi va muddati

  1. Aksiya bo‘yicha yutuqlar Bankning Raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish departamenti binosida (Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Minor dahasi 70 uy) ma’sul shaxslar tomonidan topshiriladi.
  2. Yutuqni qabul qilib olishda, yutuq egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini) ko‘rsatadi.

Yutuq o‘z egasiga topshirilganda “Topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi” tuziladi. Yutuqqa egalik qilish huquqi dalolatnoma imzolangan vaqtdan boshlab yutuq egasiga o‘tadi.

  1. Bosh sovrin bilan bog‘liq rasmiylashtirish va soliq xarajatlari, topshirilgan boshqa sovrinlarni Bankdan olib ketish xarajati yutuq egasi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Yutuq egasi Bank tomonidan yutuqni olib ketish to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 30 kun davomida o‘z yutug‘ini olib ketishi lozim. Uzrli sababga ko‘ra yutuq egasi tomonidan yutuqni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati bo‘lmaganda, yutuq egasining yozma arizasiga ko‘ra uni olib ketish muddati uzaytirilishi mumkin.
  3. Yutuq egasi bilan 30 kun davomida bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yutuq Bank tasarrufiga o ‘taziladi va yutuq bekor qilinadi.
  4. Yutuq egasi o‘z yutug‘ini olib ketishni notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga topshirishi mumkin. Bunda yutuqni topshirish ushbu Vaqtinchalik nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

7-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin

to‘xtatish to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish

  1. Aksiyani o‘tkazish reklama va video roliklar ko‘rinishida Bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
  2. Aksiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning Call markaziga (+998 78 140-00-88) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.

  1. Aksiya to‘xtatilganda yoki muddatidan oldin to‘xtatilganda, aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganda, aksiya muddati uzaytirilganda hamda uni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan holatlarda bular to‘g‘isida Bankning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.

8-§. Yakuniy qoidalar

  1. Aksiyani o‘tkazish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
  2. Aksiyaning o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a‘zolari zimmasiga yuklatiladi.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech