Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy manzilida joylashgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi
2019 yil 10 iyun soat 15:00 da.

1. «Trastbank»ning 2018 yil faoliyati yakunlari va 2019 yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish.

2. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2018 yil yakunlari bo‘yicha hulosasini tasdiqlash.

3. 2018 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:

- moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot;

- foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot;

- umumiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida jamlangan hisobot;

- pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida jamlangan hisobot;

- 2018 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.

4. 2018 yilda olingan foydani taqsimlash.

5. Bank faoliyatining 2019 yilning 1-yarim yilligi hamda 2019 yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotining, shuningdek audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash va auditorlik tashkiloti bilan shartnoma tuzish.

6. «Trastbank» Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.

7. Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olingan, 2018 yilda umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.

8. Balansdan tashqari hisobraqamda yuritilayotgan aktivni hisobdan chiqarish bo‘yicha Bank Kengashining 2018 yil 26 dekabrdagi 269-sonli bayonnoma qarorini tasdiqlash.

9. Bank Kengashining 2018 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqidagi hisobot.

10. Bank Kengashi a’zolarining son tarkibini tasdiqlash.

11. Bank Kengashi a’zolarini saylash.

12. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni saylash.

13. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

14. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.

15. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish.

16. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

17. Aksiyalarning 23 qo‘shimcha chiqarilish yakunlari va Bank Ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.

18. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

19. Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

20. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019 yil 17 yanvardagi 
19-31/79-sonli Bankka nisbatan jarima sanksiyalarining qo‘llanishi to‘g‘risidagi xatini ko‘rib chiqish.

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2019 yil 10 iyunda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, «Trastbank» binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2019 yil 15 may.

«Trastbank» aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida 2019 yil 4 iyun holatiga shakllantirilgan «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bank aksiyadorlari, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.

Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: 
(95)198-41-09, (78)140-00-88, (71) 244-76-43. www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9411.30
10421.13
11764.13
146.51
9504.44
87.09
Sotib olish
9360.00
10000.00
11300.00
100.00
9000.00
70.00
Sotish
9440.00
10600.00
12000.00
170.00
9600.00
100.00
 
15.67
60.57
225.36
3.55
-13.01
-0.80
17.09.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech