Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Trastbank” XAB o’z mijozlariga yangi xizmat turini havola qilmoqda, ya’ni, naqd pullarni, qimmatli qog’ozlarni, hujjatlarni va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun individual depozit yacheykalarini ijaraga bermoqda. Individual depozit yacheykalarida ishga doir hujjatlarni, qimmatli qog’ozlarni, pul mablag’larini, zargarlik buyumlarini, san’at asarlarini va antiqaliklarni, ahborot tashuvchi elektron manbalarni va shuningdek O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keladigan va hokazo qimmatliklarni saqlash mumkin.

Bank depozit yacheykalariga joylashtirilgan qimmatliklarni but saqlanish kafilligini oladi. Uning mijozlari bo’lgan yuridik yoki jismoniy shahslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo’lishi mumkin.

Trastbank” XABning individual depozit yacheykalari – foydalanishda, qulay, mutlaqo ishonchli hamda konfidensialdir.

QULAY

Individual depozit yacheykani istalgan qulay muddatga qadar ijaraga olish mumkin.
Talab etiladigan barcha hujjatlar: ariza blankini to’ldirish, shartnoma tuzish va naqd pul bilan yoki naqd pulsiz ko’rsatiladigan hizmatlar haqini to’lash bilan bog’liq yumushlarni bajarish uchun “Trastbank” XABning “Darhon” filialiga murojaat qilishingiz mumkin.

ISHONCHLI

Barcha individual depozit yacheykalari bankning mahsus jihozlangan binosida – joylashtirilgan. Depozit binosi muhofaza qilishning eng zamonaviy vositalari bilan jihozlangan bo’lib, tunu-kun qo’riqlangani bois unga ijozatsiz kirishlikning hech bir ehtimoli qolmagan.

KONFIDENCIAL

Bank depozit yacheyka ichidagi narsaga va uning egasi nomiga nisbatan konfidenciallik kafilligini o’z zimmasiga oladi. Mijoz o’z depozit yacheykasidan ishonchli shahslarga foydalanishga ruhsat berish huquqiga ega.

Iltimos, e’tibor bering!

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq depozit yacheykada – fuqarolar muomalasidan yoki fuqarolar muomalasidan qisman cheklangan predmetlar va moddalarni, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini, tirik organizmlarni va biologik tarzda paydo bo’lgan predmetlarni, o’t chiqishiga sabab bo’luvchi, portlovchi, radioaktiv, zaharlovchi va narkotik moddalarni saqlashlik qat’iyan man qilinadi. Zero, mazkur predmet va moddalar bank hodimlari sihat-salomatligiga, hona va qo’riqlash tizimlariga, shuningdek, uchinchi shahslar mulkiga zarar etkazishi mumkin.
Depozit yacheykada mavjud davlat tuzumini nokonstitucion yo’l bilan o’zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy tarzda saylangan yohud hokimiyatning tayinlangan vakillarini vazifasidan chetlatishlarga, yoki O’zbekiston Respublikasining hududiy birligini nokonstituciyaviy tarzda buzishga chaqiruvchi ijtimoiy va diniy adabiyotlar (shu jumladan varaqalar)ni saqlash qat’iyan man qilinadi.

Bog’lanish uchun ma’lumot:
“Trastbank” HABning “Darxon” filiali
100000, Toshkent sh., Mirzo Ulug’bek tumani,
Hamid Olimjon maydoni, G’arbiy tomon, 5 ”B” uy.

Telefon: (+998 71) 237-08-65

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9537.55
10545.67
12527.57
149.88
9631.94
87.83
Sotib olish
9500.00
10100.00
12000.00
100.00
9100.00
70.00
Sotish
9550.00
10600.00
12700.00
160.00
9700.00
100.00
 
26.56
69.31
227.01
2.09
119.05
0.98
10.12.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech