Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 95) 198-41-09
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Ipoteka krediti

Yangilangan sana: 3 Sentyabr 2020, 12:35

*Bugungi kunda ipoteka krediti ajratilishi vaqtincha to‘xtatilgan (Bugungi kunda bankning uzoq muddatli resurslari chegaralanganligi sababli ipoteka krediti ajratilishi vaqtincha to‘xtatilgan).

Ipoteka krediti- jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladi.

Ipoteka krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha asosida hamda qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilingan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha asosida hamda qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilingan holda yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun;
  • yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun.

Ipoteka krediti shartlari

Mijozning o‘z mablag‘i bilan ishtirok etadigan ulushi miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

Kredit miqdori

Kredit ta’minoti turi

25%

120 oy

24%

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 5 000 baravarigacha

Kredit hisobiga sotib olinayotgan - yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadon

50%

va

undan yuqori

23%

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ipoteka krediti olish uchun qarzdor/mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) qarzdorning/mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yashash uchun ruxsatnomasi) seriyasi va raqami, yashash joyi, kreditning maqsadi, qiymati va muddati ko‘rsatilgan kredit arizasi. Kredit arizasi qarzdor/mijoz tomonidan sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi;

b) pasport (yashash uchun ruxsatnoma) [pasportdan (yashash uchun ruxsatnomadan) nusxa olinadi, unda familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy holati va muqim ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ushbu ma’lumotlar kredit xodimining “asliga to‘g‘ri” yozuvi va imzosi bilan tasdiqlanadi];

v) qarzdorning/mijozning ariza bergan sanasiga nisbatan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma (agar qarzdor/mijoz 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, bunda haqiqatda ishlagan davri davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma), xususiy tadbirkor uchun – o‘tgan yilda olingan daromadi haqida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiya;

yo) yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yer uchastkasiga qarzdorning/mijozning (doimiy foydalanish, umrbod egalik qilib meros qoldirish, xususiy mulk) huquqini belgilaydigan hujjatning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

j) qarzdor/mijoz nomiga filialda ochilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga qarzdorning/mijozning o‘z mablag‘i (dastlabki badali) kiritilganligi to‘g‘risida omonat daftarchasi nusxasi;

z) qarzdor/mijoz tomonidan sotib olingan qurilish materiallari yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlar qiymatining baholanishi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar;

i) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarzdor/mijoz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi loyihasi nusxasi.

Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilishga ipoteka krediti olish uchun qarzdor/mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) qarzdorning/mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yashash uchun ruxsatnomasi) seriyasi va raqami, yashash joyi, kreditning maqsadi, qiymati va muddati ko‘rsatilgan kredit arizasi. Kredit arizasi qarzdor/mijoz tomonidan sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi;

b) pasport (yashash uchun ruxsatnoma) [pasportdan (yashash uchun ruxsatnomadan) nusxa olinadi, unda familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy holati va muqim ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ushbu ma’lumotlar kredit xodimining “asliga to‘g‘ri” yozuvi va imzosi bilan tasdiqlanadi];

v) qarzdorning/mijozning ariza bergan sanasiga nisbatan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma (agar qarzdor/mijoz 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, bunda haqiqatda ishlagan davri davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma), xususiy tadbirkor uchun – o‘tgan yilda olingan daromadi haqida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiya;

yo) qarzdor/mijoz tomonidan sotib olingan qurilish materiallari yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlar qiymatining baholanishi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar;

j) qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan va qarzdor/mijoz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish loyihasi nusxasi.

Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish loyihasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

a) yer usti va yer osti injenerlik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi chizmasi;

b) uy-joy poydevori, yerto‘lasi, qavatlari, kesimlari va fasadi chizmasi;

v) moliya-smeta hisob-kitobi.

Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p qavatli uydan kvartirani birlamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ipoteka krediti olish uchun qarzdor/mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) qarzdorning/mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti (yashash uchun ruxsatnomasi) seriyasi va raqami, yashash joyi, kreditning maqsadi, qiymati va muddati ko‘rsatilgan kredit arizasi. Kredit arizasi qarzdor/mijoz tomonidan sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi;

b) pasport (yashash uchun ruxsatnoma) [pasportdan (yashash uchun ruxsatnomadan) nusxa olinadi, unda familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, oilaviy holati va muqim ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ushbu ma’lumotlar kredit xodimining “asliga to‘g‘ri” yozuvi va imzosi bilan tasdiqlanadi];

v) qarzdorning/mijozning ariza bergan sanasiga nisbatan so‘nggi 12 oy davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma (agar qarzdor/mijoz 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, bunda haqiqatda ishlagan davri davomida olingan daromadini belgilangan tartibda tasdiqlaydigan ma’lumotnoma), xususiy tadbirkor uchun – o‘tgan yilda olingan daromadi haqida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiya;

yo) yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p qavatli uydan kvartirani sotib olish uchun to‘lovni qarzdorning/mijozning o‘z mablag‘i (dastlabki badali) hamda kredit shartnomasi asosida kredit hisobidan amalga oshirish belgilangan qarzdor/mijoz va quruvchi/sotuvchi o‘rtasida tuzilgan uy-joy oldi-sotdi shartnomasi;

j) qarzdor/mijoz nomiga filialda ochilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga qarzdorning/mijozning o‘z mablag‘i (dastlabki badali) kiritilganligi to‘g‘risida omonat daftarchasi nusxasi.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Bank filiallari nomlari

Filiallardagi telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4

2

«Toshkent» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2

3

«Darxon» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5

4

Yakkasaroy filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0

5

Andijon filiali

( + 9 9 8 7 4 ) 2 2 6 - 6 9 - 7 1

6

Namangan filiali

( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5

7

Samarqand filiali

( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29

8

Termiz filiali

( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 7 - 3 5 - 0 0

9

Qarshi filiali

( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5

10

Farg‘ona filiali

( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8

11

Jizzax filiali

( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 - 1 6

Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44 ichki raqam (11368).

Ipoteka kalkulyatori

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting. Maksimal summa: eng kam ish haqining 5 000 barobari
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang. Maksimal: 10 yil
Boshlang‘ich badal foizini tanlang


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech