Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  18 Mart 2020, 18:11

Chop etish sanasi: 18.03.2020 y.
Muddat: gacha: 31.03.2020 y.
Ko'rishlar: 223

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki mustaqil kompaniyalar o‘rtasida quyidagilar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

- mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksini (CSI) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish;

- mijozlarning bankka nisbatan hayrixohlik indeksini (NPS) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish.

Mazkur xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

1. Tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq 1-ilovada keltirilgan.

2. Xizmatlarning yakuniy narxini ko‘rsatgan holda 2-ilovaga asosan tijorat taklifini taqdim etish.

3. Tijorat taklifida bank mijozlari o‘rtasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha tajribasi va mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksini (CSI) hamda mijozlarning bankka nisbatan hayrixohlik indeksini (NPS) aniqlash yuzasidan tadqiqotlarni o‘tkazish mexanizmi to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etish.

4. Rasmiylashtirilgan tijorat taklifini imzo va muhr bilan tasdiqlash.

5. Rasmiylashtirilgan tijorat taklifini skanerdan o‘tkazib info@trustbank.uz elektron manziliga yuborish.

Tijorat taklifini topshirishning so‘nggi muddati - 2020 yil 31 mart.

Tanlov g‘olibi Bankning tegishli komissiyasi tomonidan (narx, sifat va ishlarni amalga oshirish muddati mezonlari bo‘yicha) aniqlanadi.

Qo‘shimcha malumotlar uchun +(998 71) 207-62-77 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Ilova 1

Mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik (CSI ) va bankka nisbatan hayrixohlik indekslarini (NPS) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish yuzasidan texnik topshiriqnoma

Tadqiqot o‘tkazish metodologiyasi: «Trastbank» XAB mijozlari bilan bevosita va telefon orqali suhbatlar o‘tkaziladi.

Tadqiqot o‘tkaziladigan jami mijozlar soni: 550 yuridik shaxs, 550 jismoniy shaxs.

Tadqiqot o‘tkazish geografiyasi va filiallar soni: Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Qarshi, Termiz, Samarqand. Toshkent shahrida - 4ta, viloyatlarda -7 ta. Jami 11 ta.

Shaharlar

Suhbatlar soni

Bevosita suhbat

Telefon orqali suhbat

Toshkent

400

200

200

Andijon

100

50

50

Namangan

100

50

50

Farg‘ona

100

50

50

Jizzax

100

50

50

Qarshi

100

50

50

Termiz

100

50

50

Samarqand

100

50

50

Jami

1100

550

550

Tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachining asosiy shartlari:

1. Xizmatni taqdim etishning barcha bosqichlarida ijrochi buyurtma beruvchining vakili bilan ishlaydi va ishning har bir bosqichini muvofiqlashtiradi.

2. Tadqiqot natijalari xususan fotosuratlar, audio yozuvlar USB-flesh orqali taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimot hamda matnli ko‘rinishdagi hisobot taqdim etiladi.

3. Tadqiqot natijalari asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini takomillashtirish va bank ish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha konkret tavsiyalar ishlab chiqiladi.

To‘lov shartlari Tadqiqot pul o‘tkazish yo‘li orqali 15 foiz oldindan to‘lov sharti bilan amalga oshiriladi.

Tadqiqot natijalarini Bankka taqdim etish muddati: 2020 yil 10 maygacha.

Ilova 2

Tashkilot nomi

Manzil va tafsilotlar

№______

Sana: ___.____.2020 y.

«Trastbank» XAB

TIJORAT TAKLIFI

Ushbu bilan ___________________________kompaniyasi Sizga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

Xizmat nomi

narxi, so‘m

1.

Mijozlarning bank xizmatlaridan mamnunlik indeksini (CSI) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish.

2.

Mijozlarning bankka nisbatan hayrixohlik indeksini (NPS) aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish.

JAMI

To‘lov shartnomaga muvofiq pul o‘tkazish yo‘li bilan.

Xizmatlar uchun oldindan to‘lov 15%.

Tadqiqotni to‘liq yakunlash ____kalendar kuni ichida.

Direktor

____________________ __________________ 

 (imzo, muhr)                             (F.I.Sh.)



So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10139.30
11051.84
12333.44
141.35
10443.20
94.22
Sotib olish
10110.00
10500.00
12000.00
100.00
10000.00
70.00
Sotish
10200.00
11500.00
13500.00
160.00
11000.00
110.00
 
9.74
96.72
72.62
3.81
15.41
-0.43
MB kursi - 26.05.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 08.05.2020 15:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech