«Trastbank» XAB (“Termiz” filiali) balansidagi ko‘chmas mulkning bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi
Yangilangan sana: 18 Avgust 2022, 11:58
Tanlovda ishtirok etish uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar Bankning Termiz filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
- Baholash faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
- Tashkilot ustavi barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urtasi polisi nusxasi;
- Baholash ishining bajarilish muddati va taxminiy narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi;
- Litsenziyalash organi tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxalari.
Tijorat takliflarini 2020 yil 4 dekabr soat 18.00 ga qadar quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 190112, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Navbahor ko‘chasi, 13 “G” uy.
Ma’lumot uchun telefonlar: (76) 227-35-01, (76) 227-34-72.