Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Yangi O‘zbekistonda inson qadr-qimmati va manfaatlari oliy qadriyatdir”. “Trastbank”da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Yangilangan sana: 6 Sentabr 2022, 15:37
“Yangi O‘zbekistonda inson qadr-qimmati va manfaatlari oliy qadriyatdir”. “Trastbank”da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
6 Sen 2022

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda inson qadr-qimmati va manfaatlari oliy qadriyatdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Unda moliya muassasasi Bosh ofisi mutasaddilari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali filiallar mas’ullari va xodimlari ishtirok etdi.

IMG_2745.jpg

 Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Ma’rifat” targ‘ibot jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova qatnashib, bugungi tinch-osoyishta va erkin hayotimizning qadriga yetish hamda uni himoya qilish, shukronalik tuyg‘usi bilan yashash, inson sha’ni va qadr-qimmatini yuksaltirishga da’vat etdi. Aynan mustaqillik milliy urf-odatlarimiz, qadriyat va dinimiz, or-nomusimiz, qadr-qimmatimiz tiklanishiga keng yo‘l ochib berganini alohida ta’kidladi.

IMG_2785.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1108
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech