Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Xorijiy kredit liniyalari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish hamda monitoring qilish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Xorijiy kredit liniyalari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish hamda monitoring qilish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
12 Sen 2023

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi va Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi hamda xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari va maqsadli moliyalashtiriladigan akkreditiv operatsiyalari bilan loyihalarni moliyalashtirishni takomillashtirib bormoqda.

IMG_20230912_172109_587.jpg

 Ushbu xorijiy liniyalarning jozibadorligini oshirish, mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, loyihalarni puxta o‘rganish va amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, xodimlarning bu boradagi malakasini oshirib borishi maqsadga muvofiq.  

IMG_20230912_172110_034.jpg

 2023-yil 12-sentabr kuni “Trastbank” XAB Loyihalarni xorijiy kredit liniyasi hisobidan moliyalashtirish boshqarmasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan filiallarda faoliyat yuritayotgan kreditlash va moliyalashtirish bo‘limi hamda valyuta operatsiyalari bo‘limi xodimlari uchun “Loyihalarni moliyalashtirish hamda monitoring qilish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda bankimizda loyihalarni xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishning akkredetiv operatsiyalari, Islom korporatsiyasi liniyasi resurslari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni puxta o‘rganib tahlil qilish va monitoring qilish yuzasidan tushunchalar berildi.

IMG_20230912_172110_408.jpg

 Shuningdek, seminar davomida xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

IMG_20230912_172109_671.jpg

 Ta’kidlash joizki, mazkur o‘quv seminari bank filiallarida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli amalga oshirish hamda xodimlarning malaka oshirishiga xizmat qiladi.  

IMG_20230912_172110_515.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 122
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech