Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45,
+998 71 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Xodimlarning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha malakasi oshirildi

Yangilangan sana: 13 May 2022, 18:54
Xodimlarning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash  bo‘yicha malakasi oshirildi
13 May 2022

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshirib borilmoqda.

4110.jpg

 “Trastbank” XAB O‘quv markazi hamda Toshkent moliya instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti hamkorligida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash” mavzusida semninar o‘tkazildi. Unda Mazkaziy bank mutasaddilari va Toshkent Moliya institutining professor-o‘qituvchilari, psixologlar tomonidan darslar o‘tildi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida mijozlar bilan ishlash, muomala madaniyati, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati kabi jihatlarga urg‘u berildi.

63.jpg

101.jpg

 Seminarda Bankning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish departamenti xodimlari ham ishtirok etib, mijozlardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

633.jpg

 – Mazkur seminarda psixologlar tomonidan tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar e’tiborimni tortdi. 4 kun mobaynida mijozlar bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlashda e’tibor berish zarur bo‘lgan psixologik jihatlarga doir bilimlarimizni oshirdik. Bu kabi seminarlar biz yosh kadrlar malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Darxon filiali xodimi Sh. Umarova.

 Shuningdek, seminarda faol ishtirok etgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga maxsus sertifikat berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 52
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech