Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Xitoy bank infratuzilmasining rivojlanish tajribasi” mavzusida onlayn seminar

Yangilangan sana: 28 Aprel 2021, 22:57
“Xitoy bank infratuzilmasining rivojlanish tajribasi”  mavzusida onlayn seminar
28 Apr 2021

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Oʻquv markazi tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni Termiz filialida “Xitoy bank infratuzilmasining rivojlanish tajribasi” mavzusida onlayn seminar oʻtkazildi.

Tashkil etilgan seminarda, filialning Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi boshligʻi I.Nazarov Xitoy Xalq Respublikasidagi banklar tarixi hamda hozirgi kundagi rivojlanish segmentlari, bank tizimining turlari, strategik-investitsion davlat banklari, tijorat banklari, hozirgi kunda Xitoy banklarining asosiy koʻrsatkichlari, bank xizmatlari, bankomatlarning ishlash tartibi, umumiy aktivlar, kredit masalalari, onlayn tizimidagi bank xizmatlari shuningdek, xitoy xalqining banklarga boʻlgan ishonchi hamda banklardan foydalanish qobiliyati haqida soʻz yuritdi.

Shu bilan bir qatorda Xitoy banklarining Oʻzbekiston banklariga mos keladigan jihatlari yuzasidan qiyosiy dalillar keltirildi.

Termiz filiali tomonidan tashkillashtirilgan seminar mavzusi alohida oʻrganilganligi va aniq faktlar asosida yoritilganligi sababli, yakunlovchi qism savol-javob tarzida tashkil etilib, unda Bosh ofis va filiallardan xodimlar ishtirok etdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 768
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech