Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Valyutani tartibga solish va valyuta nazoratining huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 30 May 2023, 14:53
“Valyutani tartibga solish va valyuta nazoratining huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi
30 May 2023

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida moliya muassasasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan “Valyutani tartibga solish va valyuta nazoratining huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Bankning Sanksiyaviy komplaens xizmati va Tashqi iqtisodiy aloqalar va valyuta operatsiyalari departamenti xodimlari hamda filiallarining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdi.

Filiallarining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limlari mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan etilgan ushbu seminarda valyuta operatsiyalariga doir statistik hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash, bank xodimlari tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari kodlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, Moliyaviy sanksiyalar bilan bog‘liq xatarlar kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Qolaversa, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishga urg‘u berildi.

2.jpg

Xususan, “Trastbank” XAB Tashqi iqtisodiy aloqalar va valyuta operatsiyalari departamenti direktori V.Pay o‘z so‘zida pul-kredit siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish borasida monitoring olib borish va nazorat qilish tashqi iqtisodiy faoliyat xodimlariga katta mas’uliyat yuklaydi. Mazkur seminar esa valyuta qonunchiligi talablarini buzish xavfini kamaytirish, valyuta operatsiyalariga doir statistik hisobotlarni haqqoniyligini ta’minlash, samarali tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish borasida bank xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

3.jpg

Shuningdek, seminarda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 423
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech