Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi – 2024” doirasida “Trastbank”da “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Yangilangan sana: 6 May 2024, 15:58
“Umumjahon pul haftaligi – 2024” doirasida “Trastbank”da “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
6 May 2024

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mamlakatimizda “Umumjahon pul haftaligi – 2024” (Global money week – 2024) tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Ular doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarlari, amaliy mashg‘ulotlar va turli tanlovlarda umumta’lim maktablari, xususiy ta’lim dargohlari va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi-yoshlari faol ishtirok etdi.photo_2024-05-06_15-46-03.

photo_2024-05-06_15-46-13Xususan, yaqinda “Lider ta’lim”, “Evrika bilimdoni” xususiy o‘quv muassasalari va poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 191-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Trastbank”da “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Raqamli moliyaviy savodxonlik va raqamli xavfsizlik” mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Bankning Amaliyot boshqarmasi bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya davomida moliya muassasasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, moliya va bank sohasiga doir taqdimotlar qilindi. Jumladan, moliyaviy barqarorlik va rejalashtirish, raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli bank, pul va moliya, kredit, omonat hamda bank kartalari turlari haqida tushunchalar berildi.photo_2024-05-06_15-46-07

photo_2024-05-06_15-46-25Tashkil etilgan turli viktorinalarda mutaxasassislar tomonidan oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. Shuningdek, darslarda faol qatnashgan o‘quvchilar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.photo_2024-05-06_15-46-16
photo_2024-05-06_15-45-46



Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 622
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech